Kommunikatsilarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nimidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
Kommutatsiyalashning umumlashgan masalasi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
2f47b81bcb4740ee48a947abeafb0763 Методичка C.M
1.Kommutatsiyalashning umumlashgan masalasi
Iyerarxik tashkil etishda manzilli oralig’ bir-birlariga kiritilgan guruhlar va kichik guruhlar tarzida tashkil qilinadi. Umumiy manzilli oralig’ guruhlarga bo’linadi, ularga kichik guruhlar identifikatorlari va bog’lama identifikatorlari kiradi. Manzillarning bunday tashkil etish qiyin bo’lgan katta o’tchamli tarmoqlarda qo’llaniladi. Iyerarxik manzillarning namunaviy vakili - tarmoq IP-manzillari hisoblanadi. Ularda ikki pog’ona: katta qismi tarmoqning tartib raqamini, kichik qismi esa bog’lamaning tartib raqamni bildiradi. Bu holda tarmoqlar orasida xabar faqat manzillarni katta qismidan foydalanilgan holda uzatiladi, bog’lamalar tartib raqamlari (kichik qismlar) esa tarmoqqa xabar yetkazilgandan keyin ishlatiladi (pochta indekslariga o’xshash davlat-shahar-tuman). Ko’pincha birdaniga bir necha manzillashtirish sxemalari qo’llaniladi, shuning uchun kompyuterning tarmoq interfeysi bir necha manzillarga ega bo’lishi mumkin, bunda ulardan har biri o’sha bir kompyuter turli konfigurasiyadagi tarmoqlarning abonenti hisoblangan hollarda ishlatiladi. Xabarlar uzatilganda belgili (simvolli) nomlar sonli manzillarga almashadi, ular yordamida xabar (ma’lumotlar) bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa qayta uzatiladi. 8 Boshqa tarmoqqa xabar kelganida bu tarmoqning ichida kompyuterning apparat manzili chiziqli manzillashtirish ishlatiladi. Tarmoqda har xil turdagi manzillar orasida mosliklarni markazlashtirilgan o’rnatish usulida bir necha kompyuterlar (nomlar serverlari) ajratiladi. Ularda har xil turdagi nomlarning, shu jumladan belgili (simvolli) va sonli mosliklar jadvali saqlanadi. Almashish jarayonida barcha bog’lamalar serverga so’rov bilan murojaat qiladi. Moslikni o’rnatilishining taqsimlangan usulida har bir kompyuter har xil turdagi o’ta tayinlangan barcha manzillarni saqlaydi. Xabar jo’natuvchining apparat manzilini iyerarxik manzillar bo’yicha aniqlash zarur bo’lgan kompyuter tarmoqqa keng uzatish signalni jo’natadi, tarmoqning barcha kompyuterlari so’rovdagi manzilni o’zidagi manzillar bilan solishtiradi va mos tushsa o’zining apparat manzili bilan javob jo’natadi (ARP protokol). Bu usul o’zining murakkabligi tufayli faqat uncha katta bo’lmagan tarmoqlarda ishlatiladi. Agar kompyuterlar tanlangan topologiya bo’yicha aloqa liniyalari bilan ulangan va manzillashtirish tizimi tanlangan bo’lsa foydalanuvchilar kompyuterlari orasida ma’lumotlarni uzatish muammosi vujudga keladi. Umumiy holda ikki foydalanuvchilar orasida ma’lumotlarni almashtirish tranzit bog’lama orqali boradi. Foydalanuvchilarning tranzit bog’lama tarmog’i orqali ulanishi kommutasiya deyiladi, ular orqali bog’lanish ta’minlanadigan bog’lamalar ketma-ketligi esa marshrut deyiladi (3.4-rasm). Ko’rsatilgan tarmoqda 2, 3, 4, 7, 9, 10, 11 bog’lamalar oxirgi foydalanuvchilar vazifasini, 1, 5, 6, 8 bog’lamalar tranzit bog’lamalar vazifasini bajaradi. Masalan, 2-nchi oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga xabarni uzatish uchun kommutasiyaning 2-1-8-5-4 tranzit bog’lamalari orqali marshruti tanlanadi. Umumiy tarzda kommutasiya jarayoni quyidagi masalalarning yechilishini ta’minlaydi: uzatish marshrutlarining o’rnatilishi; 9 kommutasiya tranzit bog’lamalari orqali oqimlarning harakatlanishi; oqimlarni multiplekslashtirish. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling