Kommunikatsilarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nimidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


  MUSTAQIL ISHNI BAJARISHGA MISOL


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1008996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2f47b81bcb4740ee48a947abeafb0763 Методичка C.M

 



MUSTAQIL ISHNI BAJARISHGA MISOL 
 
M
AVZU
:
 
M
A

LUMOTLARNI UZATISH VA KOMMUTASIYALASH USULLARI
,
 XAMDA 
VOSITALARI
.
 
M
A

LUMOTLARNI UZATISH QURILMAPARI VA ULARNING XILLARI

R
EJA
 
Kirsih 
1. Kommutatsiyalashning umumlashgan masalasi 
2. Axborot oqimini aniqlash 
3. Kanallar va paketlar kommutatsiyasi 
4. Virtual kanal 
Xulosa 
Adabiyotlar 
Kirish 
Kompyuterlarni tizimga va tarmoqqa birlashtirishda har bir foydalanuvchi 
kompyuterini manzillashtirish muammosi mavjud. Kompyuter tarmoqda ishlaganda 
boshqa kompyuterlar va tashqi qurilmalari bilan muloqotni bajarish uchun bir necha 
interfeyslarga (portlarga) ega bo’lishi mumkin. Manzil aynan shu kompyuterni 
boshqa ko’plab kompyuterlar orasida qidirish va topish uchun qullanadi.
Manzillarni quyidagicha sinflarga bo’lish mumkin: 
1. Noyob manzil (Unicast) – alohida foydalanuvchining (uning kompyuterining 
interfeysi) identifikasion manzili; 
2. Guruhli manzil (multicast) – barcha manzillarga ma’lumotlar bir vaqtda keladigan 
bir necha foydalanuvchilarning identifikasiyasi; 
3. Keng uzatishli manzil (broadcast) – ma’lumotlar tarmoqning barcha 
bog’lamalariga bir vaqtda yo’naltiriladigan manzil. 
Bir tarmoq doirasida ruxsat etiladigan barcha manzillar manzillash oralig’i
deyiladi. Manzillar sonli va belgili (simvolli) komponentlardan iborat bo’lishi 
mumkin. Sonli manzillar nuqtalar bilan ajratilgan ketma-ketli sonlar guruhlaridan 



tashkil topgan. Belgili manzillar davlatni, tashkilotni, tarmoqni, serverni 
belgilaydigan ma’noli yuklamadan iborat.
Manzilli oraliq alohida bog’lamalarning ketma-ket tartib raqamini 
manzillarning joylashtirilishi tarzida (guruhli manzillashtirish) tashkil etilishi 
mumkin. Masalan, lokal tarmoqlarda (LAN) tarmoq kompyuterlarini bir qiymatli 
identifikasiyalash uchun ikkilik yoki o’n oltitalik son ko’rinishida bo’ladigan MAS 
manzillar (Media Access Control) ishlatiladi. MAC manzillar apparat manzillar 
deyiladi, chunki ishlab chiqaruvchi korxonalarida kompyuterlarning tarmoq 
adapterlariga o’rnatiladi. Tarmoq adapteri almashtirilganda bu kompyuterning tarmoq 
interfeysi manzili ham o’zgaradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling