Kommunikatsilarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nimidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1008996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2f47b81bcb4740ee48a947abeafb0763 Методичка C.M

Deytagrammali uzatishda bog’lanish o’rnatilmaydi, barcha uzatiladigan 
paketlar bog’lamalar bo’yicha bir-birlariga mustaqil ravishda uzatiladi. Ishlov berish 
jarayoni paketga kiritilgan parametrlarni aniqlash va trafikning holatini tahlil 
qilishdan iborat. Uzatilgan paketlar haqidagi axborot saqlanmaydi va navbatdagi 
paketga ishlov berishda hisobga olinmaydi. Tarmoq tomonidan uzatiladigan alohida 
paket ma’lumotlarning mustaqil birligi deytagramma sifatida ko’riladi. Kelgan 
paketni uzatish kerak bo’lgan kommutasiya interfeysini tanlash, paket sarlavhasida 
bo’lgan jo’natish manziliga asoslanib amalga oshiriladi. Paketning axborot oqimiga 
tegishliligi hisobga olinmaydi. 
Tarmoqning paketli kommutatorlari bo’yicha keladigan paketlar jo’natish 
manzillari va kommutatorlar marshruti bo’yicha keyingi manzillar orasida moslikni 
aks ettiradigan kommutasiya jadvali (10-rasm) yordamida harakatlanadi. 
Deytagrammali tarmoqning kommutasiya jadvalida kommutator kirishiga 
keladigan paketlarning qayerga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan barcha manzillar 
haqida yozuv mavjud (kommutatorlar xotiraga ega va minglab kirish/chiqishli 
jadvallarini saqlaydi). 11-rasmda deytagrammali tarmoq misolida yuqorida 
Jo’natish 
manzili 
№1 
№2 
№3 
№4 
№5 
№6 
Uzilish 
bo’lmaydi 
К2 
К3 
К3 
К6 
К6 
10-rasm. К1 bog’lamaning kommutatsion jadvali 
Keyingi 
kommutator 
manzili 


20 
ko’rsatilgan jadvalning ishlatilishiga misol keltirilgan. Jadval yuqorisida keltirilgan 
K1bog’lama kommutatori shtrixlangan. 
Deytagrammali tarmoqlarning ko’p hollarida kommutasiya jadvallarida o’sha 
jo’natish manzili uchun bir necha yozuvlar bo’lishi mumkin. Keltirilgan misolda №2 
manzilli jo’natish bog’lama uchun K1 ga keladigan paketlar K2 va K3 orasida 
taqsimlanishi va jadvalda ikkita yozuv ko’rsatilishi mumkin. 
Deytagrammali usul tezkor hisoblanadi, chunki hyech qanday dastlabki 
harakatlar kerak emas, biroq uning kamchiligi - yetkazishni nazorat qilish mumkin 
emasligi, manzilga paketning yetkazilishiga kafolat yo’qligi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling