Kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1350543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Individuelle

Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, 
unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. 
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, 
bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng 
tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. 
Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va 
h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida 
savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan 
savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari 
tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga 
bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. Savdo uylari 
o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksporl-import hamda boshqa savdo 
aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va 
uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali 
moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. 
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib olib, 
keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular 
mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketardan iborat bo'ladi. 
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o

zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng 
tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import 
tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi
tovarlami buyurtma bo'yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat 
ko‘rsatadi. 
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron 
savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U О‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat 
to‘g‘risida”gi 2015-yil 9-dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va 
amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-
sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi; kompyutcr tarmog‘idan 
foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, 
marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat: 

xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish 
imkoniyatiga ega; 

savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; 

ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila 
olish imkoniyati; 

kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo’lgan 
korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish 


18 
imkoniyati; 

xaridorlaming yashash joyi, sog

lig

i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy 
nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; 

hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash 
va sotish imkoniyati; 

elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, 
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi. 
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari 
zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma, kompanivalar moliyaviy xo‘jalik 
faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. 
Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq 
mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro 
miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor 
firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor 
infratuzilmasi va uning ко‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat 
ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling