Kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1350543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Individuelle

valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan. 
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish 
shakli. 
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil 
etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli. 
Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi 
amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. 
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi 
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi 
muassasa. 
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, 
lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. 
Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni 
brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta birjalarida 
oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular 
odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi 
hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tutishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin 
 


17 
tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar 
ham sotiladi. 
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda 
ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. 
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan 
joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo 
tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotovga qo‘yish yo'li 
bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o'tkaziladi. Bunda 
tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion 
savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, 
xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi. 
Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. 
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda 
o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling