Kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1350543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Individuelle



05.12.2022 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI 
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT KAFEDRASI 
INDIVIDUAL LOYIXA
 
 
Mavzu : Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va bozor 
iqtisodiyotiga oʼtish yoʼllari
Bajardi: Akbarov Zafarbek 
Guruh: 110-20



 
MAVZU: Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va bozor 
iqtisodiyotiga oʼtish yoʼllari. 
 
Kirish. 
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. 
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal 
qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari. 
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari. 
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va 
xususiyatlari.
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy 
yo`nalishlari.
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 



Kirish. 
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib 
resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, 
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan 
foydalanish bilan tavsiflanadi. 
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka 
hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi 
demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng 
progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish 
tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron 
bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular 
bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar 
ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar 
iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, 
mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, 
korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni 
qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib 
chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy 
sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat 
paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning 
rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning 
iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi 
bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab 
hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning 
umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan 
iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi 
belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy 
tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy 
tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa 
mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy 
to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini 
harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor 
iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan 
aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari 
mavjud.
 
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash 
va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va 
mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, 
amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan normalar 
majmui.
 



Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro 
munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga binoan 
boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat 
tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida 
tashkil qilinadi.
 
Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va 
sotuvchilar) 
orasidagi 
pul-mol 
almashinuvi 
tizimi 
tushuniladi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash 
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm.
2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling