Kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Individuelle
valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan.
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli. Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli. Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa. Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tutishi ham mumkin. Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin 17 tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotovga qo‘yish yo'li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling