Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti "boshqaruv hisobi"
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
18- MAVZU: HISOB SIYOSATIDA XARAJATLASH TO’G’RISIDA MA’LUMOTLARNI OCHIB BERISH Xarajat-bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo`lib‚ daromadlar va xarajatlar kontseptsiyasiga ko`ra‚ qsha davrning o`zida daromad keltirishi kerak. Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidaga ifdasiga aytiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini to`g`ri rejalashtirish va hisobga olish maqsadida ular ma`lum tartibda turkumlarga ajratiladi: 1. Mahsulotni tayyorlashdagi texnik-iqtisodiy roliga qarab: - asosiy; - ustama. 2. Ayrim mahsulot turlarining tannarxiga qo`shilishi (taqsimlanishi)ga qarab: - bevosita (to`g`ri); - bilvosita (egri). 3. Tayyorlanayotgan mahsulot miqdoriga bog`liqligiga qarab: - o`zgaruvchan; - o`zgarmas (shartli). 4. Xarajaning turiga qarab: - iqtisodiy elementlar; - kalkulyatsiya moddalari. 5. Tarkibiga qarab: - bir elementli; - kompleks. 6. Ishlab chiqarish bilan bog`liqligiga qarab: - ishlab chiqarishdagi; - noishlab chiqarishdagi. 7. Mahulot tannarxini hosil qilishdagi xarakteriga qarab: - unumli; - unumsiz. 8. Rejaga kiritilishiga qarab: - rejalashtiriladigan; - rejalashtirilmaydigan. 9. Xosil bo`lish joyiga qarab: - tsex; - uchastka; - bo`lim; - brigada. 10. Taqvim davriga tegishliliga qarab: - joriy davr; - kelgusi davr; - kelajakdagi xarajatlar rezervi. Javobgarlik markazlari bo`yicha hisob g`oyasini birinchi bo`lib 1952 yilda Jon Xiggins olg`a surdi. Uning fikricha, javobgarlik markazlari bo`yicha hisob - bu bevosita, xarajatlarni boshqarish hisobidir. Bu hisob natijalari markaz hisobotida to`planadi va aks ettiriladi. Uning quyidagi mashhur qoidasi ham J. Xiggins nomi bilan bog`liq: korxonaning har bir tuzilmaviy birligini u javob berishi mumkin bo`lgan va nazorat qiladigan faqat va faqat qsha xarajatlar YOki daromadlar to`ldirib turadi. O`zbekiston adabiyotiga “javobgarlik markazi” atamasi yaqinda kirib keldi va darhol qizg`in bahslarga sabab bo`ldi. Javobgarlik markazlari bo`yicha hisobning asosiy maqsadi har bir javobgarlik markazi bo`yicha faoliyat xarajatlari va natijalari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish va ular bo`yicha mavjud og`ishishlarni muayyan shaxs zimmasiga yuklashdan iborat. Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo`linishi, nazarimizda, muayyan vaziyat xususiyati bilan belgilanishi va quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog`langan bo`lishi: har bir javobgarlik markazida faoliyat hajmini aniqlash xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun baza vazifasini bajarishi; har bir javobgarlik markazi menejerning vakolatlari va javobgarligi sohasini aniq belgilashi zarur. Menejer faqat u nazorat qila oladigan qo`rsatkichlar uchun javob beradi; har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o`rnatish zarur; javobgarlik markazi menejerlari qtgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o`tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda ishtirok etishlari lozim. Bundan tashqari, korxonani javobgarlik markazlariga bo`lishda tegishli markazlar rahbarlarining bahona va etirozlariga ta`sir qila oladigan ijtimoiy- psixologik omillarni hisobga olmoqlari zarur. Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab-chiqarish korxonasini javobgarlik markazlariga bo`lish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va tashkil etilishi, dastlabki materiallari, ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog`liq. Javobgarlik markazlarini tashkil qilish jarayoniga korxona ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalari o`z ta`sirini qo`rsatadi. Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlarini, tsexlar, xizmatlar tarkibi va tuzilmasini, ularning quvvatini, ishlab chiqarishni boshqarishning har-bir darajasidagi tuzilish va o`zaro bog`liqlik shakllarini o`zida ifoda etadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi esa ish o`rinlarini o`zida aks etadi. Aslida u korxona faoliyatining ayrim turlari va korxonaning asosiy vazifa va maqsadlarini boshqarish bo`yicha kelishuvini ta`minlaydi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi doirasida boshqarishni tashkil etishning quyidagi shakllarini ajratib qo`rsatish mumkin: chiziqli, funktsional, chiziqli - funktsional, matritsali. Chiziqli deganda “vertikal bo`yicha” boshqarish tushiniladi, bunda quyida turuvchi bo`g`inlar qat`iy ravishda yuqorida turuvchi bo`g`inlarga bevosita bo`ysunadi. Odatda chiziqli tizim ishlab chiqarish tsexlari va korxona uchastkalarini boshqarish uchun xarakterlidir. Funktsional boshqarish - bu alohida funktsiyalar bo`yicha boshqarishdir (moliya, ta`minot, sotish, kadrlar, loyiha - konstruktor va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va hokazolar). Bunda yuqorida turuvchi bo`g`in barcha yoki qisman quyilarga, ammo faqat birgina funktsiya doirasida rahbarlik qiladi. Funktsional boshqarish shartlarida bir shaxs, bo`linmada turli funktsiyalar bo`yicha ham rahbarlik qilishi mumkin. Amaliyotda boshqarishning chiziqli – funktsional tuzilmasi eng ko`p o`qllaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo`linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha asosiy faoliyat bilan shug`ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo`linmalar esa (marketing bo`limi, reja, moliya bo`limlari, karlar bo`limi) asosiylariga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari va yakkaboshchilik birgalikda to`laroq amalga oshiriladi. Tayyorlanadigan qarorlarining yuksak darajaliligi va har bir ishlab chiqarish bo`g`iniga yoppasiga rahbarlik qilish ham ta`minlanadi. Matritsiali tuzilmada funktsional bo`linmalar bilan baravar muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruv ierarxiyasining turli darajalarida turgan alohida funktsional bo`linmalar mutaxassislaridan tarkiyu topgan. Matritsali tuzilmaning afzalligi shunda namoyon bo`ladiki, u tashkilot ichkarisidagi tqsiqlarni bartaraf etish imkonini beradi, bunda funktsional ixtisoslashish rivojiga halal etmaydi. Funktsional qiymat tahlili (FQT) guruhning vujudga kelishi ham bunga misol bo`lishi mumkin.. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi xulosali va qlchamli (parametrli) yangi buyumni ishlab chiqarishga erishidir. Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli eng ko`p darajada rahbarlarning hamjihatlikdagi faoliyatining markazlashgan guruh a`zolarining shaxsiy qobiliyatlariga namayon bo`lishi uchun sharoitlar yaratadi. Tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish har bir bo`linma faoliyatini muayyan shaxslar mas`uliyati bilan bog`lashga, har bir bo`linma natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga qo`shgan hissasini aniqlashga imkon beradi. Bu bo`linmalar bo`yicha boshqaruv hisobini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilaridan kelib chiqqan holda tasniflash zarur deb bilamiz: vakolatlar va javobgarlik yoqlami; markaz bajaradigan funktsiyalar. Vakolatlar va javobgarlik o`qlamidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo`lmoq zarur. Xarajatlar markazi – bu faqat xarajatlargagina javob beradigan korxonaning tuzilmaviy bo`linmasidir (masalan, ishlab chiqarish uchastkasi,ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.). Shunday markaz doirasida nazorat,tahlil qilish va boshqarish maqsadida ishlab chiqarish omillari xarajatlarining rejalashtirilishi, me`yorlashtirilishi va hisobi tashkil etiladi. Xarajatlar markazini, o`z navbatida, boshqariladigan va erkin xarajatlar markazlariga bo`lish zarur. Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanadi, rahbari faqat kirimga javob beradigan (biroq hor sotish bo`limi, ekspeditsiya, dqkoni, ombor uchun emas) bo`linmadir. Bunday markaz faoliyatiga ketgan xarajatlar va tushum miqdori o`rtasida o`zaro bog`liqlik deyarli yo`q, shu munosabat bilan sotishdan tushgan tushum, shuningdek uni belgilovchi qo`rsatkichlar: sotish hajmi, sotuvdan olingan tushum va baho asosiy nazorat nazorat qilinadiganuvchi qo`rsatkich hisoblanadi. Foyda markazi – bu bo`linma rahbari ham xarajatlar, ham foyda uchun javob beradigan bo`linmadir. Bunday markazlarda daromad ishlab chiqarilgan mahsulotning pul ifodasi, xarajat-foydalanilgan zahiralarining pul ifodasi, foyda esa- daromad va xarajat o`rtasidagi farqdir. Foyda markazi menejeri baho va sotish hajmini, shuningdek xarajatlarni nazorat qiladi. Shu bois bunday markaz uchun asosiy nazorat qilinuvchi qo`rsatkich bilan foyda belgilanadi. Investitsiyalar markazi-bu rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga ajratilgan mablag`ga ham javob beradigan bo`linmadir. Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo`lgan Bunday markazning maqsadi nafaqat foyda olish, balki sarflangan mablag`larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag`ning ortishiga erishish ham hisoblanadi Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling