Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari
Stek ko'rsatkichi (Stack Pointer)
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2779 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xolat registori (registorlar xolati)
Stek ko'rsatkichi (Stack Pointer): stek cho'qqisi adresidan tashkil topgan registr.
Stek cho'qqisi- bu vaqt bo'yicha eng oxirgi qaydlar kiritilgan yacheykadir. Adresni bajaruvchi registr (Register Address): mavxum adreslash jarayonida, bajarilayotgan adresni o'z ichiga oladi. Bajarilayotgan adres- bu operand yozilishi yoki o'qilishi mumkin bo'lgan yacheyka raqam kodi. Registrlar Acc, DR, IR, OR, CR va 6 o'nlik razryad uzunligiga ega, PC, SP, RA va RB lar 3 razryad uzunlikka ega. Xolat registori (registorlar xolati) Arifmetik qurilma (AQ) jarayoni bajarilishini yakunlash paytida, natija alomatlari Z, S, OV signallarini keltirib chiqaradi. Alomatlar signali natijasi, registr xolatini yoki bayroq registrini aks ettiradi. Bayroq registri- bu oxirgi arifmetik va mantiqiy amallar alomatlari natijasini belgilashga va saqlashga mo'ljallangan registr. Bayroq xar bir tsikl (AU)ga o'rnatiladi va oldingi jarayon natijasining xolati xaqida ma'lumot beradi. • Natija nolga teng: registrda yagona xolatta bayroq Z(Zero) o'rnatiladi. • Natija manfiy: registrda yagona tartibda bayroq S (Sign) o'rnatiladi. • To'lib ketishi: to'lib ketganda stek razryadi yagona tartibda OV (Over Flow) ga o'rnatiladi. Yuqoridagi shartlar bajarilmagan xolda mos kelgan signallar nol qiymatga ega bo'ladi. Misol uchun: SUB komandasi bir operanddan ikkinchisini ayiradi va kelib chiqqan farqga tayangan xolda bayroq o'rnatiladi. Agarda farq nolga teng bo'lsa yakka tartibda bayroq Z(Zero) o'rnatiladi, agarda farq manfiy bo'lsa, u xolda bayroq S (Sign) o'rnatiladi. Agar operandni nolga bo'lsak (DIV buyruqi), u xolda to'lib ketish yuzaga keladi va yakka tartibda bayroq OV o'rnatiladi. Shart kodlari juda xam zarur, chunki uni tenglashtirish shartli o'tishlarda qo'llaniladi. Uning tashkil etuvchilari turli mashinalarda turlicha bo'lishi mumkin. qo'shimcha maydon esa, mashina rejimi, protsessorning qanday daraja egallashi va uzilishga ruxsat beruvchi statusni ko'rsatib berishi mumkin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling