Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1411235
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kitob 2779 uzsmart.uz

Mikroprotsessorlar 
Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), —
dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funksional tugallangan
qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS)
integral sxemalar ko’rinishda tayyorlangan. 
Mikroprotsessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning 
barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy
amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprosessor tarkibiga quyidagi 
qurilmalar kiradi. Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga 
kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi
(boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va
oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi, bajarilayotgan amal ishlatadigan
xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni ЕHM ni mos
bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini
taktli impulslar generatoridan oladi. 
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha 
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi 
modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik
soprocessor ulanadi). 
Mikroprocessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining еng yaqin 
taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash,
yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va
mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy
xotira (AX) tez ishlovchi mikroprocessorning samarali ishlashi uchun kerak
bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham 
ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi
yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka еga bo’lgan va tezkorligi nisbatan
pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq,). 


Mikroprocessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan 
ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, 
buferli еslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini
(KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi. 
Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa 
qurilmalari to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi. 
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo’lib,
mikroprocessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi. Taktli impulslar
generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri 
hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki 
mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi. 
Mikroprocessor quyidagi vazifalarni bajaradi: 
•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish); 
• ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining
registrlaridan o’qish; 
• so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko’rsatish uchun 
qabul qilish va qayta ishlash; 
• ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK,
adapterlarining registrlariga yozish; 
• SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi
signallarni ishlab chiqish. 
Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning
razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres 


kengligini aniqlaydi. Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining 
maksimal soni bo’lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin. 
Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971
yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar 
chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga
o’xshash firmalarning mikroprocessorlaridir. Barcha mikroprocessorlarni 3 ta 
gURO’hga bo’lish mumkin: — CISC tipidagi (Complex Instruction Set 
Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; 
— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan
to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; 
— MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal
to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu 
modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi). 
CISC tipidagi mikroprocessorlar IBM PC tipidagi ko’pchilik zamonaviy
SHK lar CISC tipidagi MP larni ishlatadi, ulardan ba’zilarining tavsiflari 19- 
jadvalda keltirilgan. Izoxrar. 1. MP 80386,80486 mikroprocessorlarida SX, DX, 
SL va b. harfli o’zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy
modeldan shinalar razryadliligi, takgli chastota, ishlash ishonchliligi
o’lchamlari, еnergiya iste’moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan 
farq qiladi: 
— DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi; 
— SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliliga еga; 
— SL va ayniqsa SLE еnergiyani tejaydigan, ixcham SHK da (Lap
Top, Notebook) ishlatishga mo’ljallangan. 80486DX — bu MP 80486 ning 
boshlang’ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprocessor va o’lchani 8 Kbayt 


bo’lgan birinchi darajali kеsh-xotiraga еga. Uning uchun maksimal chastota — 50 
MGc; chastotani yanada ortgarish u vaqtda MP uchun ma’noga еga еmas еdi, 
chunki ko’pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas еdilar. 
486SX modeli DX ga o’xshash, lekin unda soprocessor bloklangan. Bu
ishlab chiqaruvchiga soprocessorni testlash harajatlaridan xalos bo’lish va shu
bilan maxsulot narxini kamaytirishga imkon bergan. 80486DX va undan yuqori
mikroprocessorlar ichki chastotasini ko’paytirib ishlashi mumkin.
Ko’paytirilgan chastota bilan MP ning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. 
MP ga nisbatan hamma tashqi sxemalar, shu jumladan tizimli platada 
joylashganlari ham, oddiy chastotada ishlaydi. 486DX2 — bu 486DX ning ichki
ikkilangan chastotali variantidir: masalan, 486DX266 tashqi 33 MGc li
chastotaga (tizimli plata ishlaydigan chastota) еga (shu MP li SHK 486DX50 li 
SHK ga taxminan o’xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kеsh-xotira, 
asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qatiy talablar tufayli arzonroqdir. 
486DX4 bu 4-avlod mikroprocessoridir (to’rt aynan shuni bildiradi, to’rtlangan 
chastotani еmas); u DX2 dan ichki kеsh-xotirani 16 Kbayt gacha 
ko’paytirilganligi, uch marta orttirilgan chastotada ishlay olish imkoniyati 
(486DX4 100) va 5 V m еmas, balki 3,3 V kuchlanishli ta’minoti bilan farq qiladi. 
2. Еlementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim 
o’tkazgichli еlementlar soni. Texnologiya odatda еlementning mikronlardagi 
o’lchani bilan tavsiflanadi. 3. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MP ning o’zi
va kеsh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt 
xotirasiga bog’liq ravishda 15,5 yoki 31 mln yarim o’tkazgichli еlementlarni o’z
ichiga oladi. Bu 2-darajali kеsh-xotira processor chastotasida ishlaydi, odatda
еsa 2-darajali kеsh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi. Quyidagilarni 
ta’kidlash kerak: 
• 80386 va undan yuqori MP da buyruqlar konveyerli bajariladi. 
Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MP ning bir qismidan 


boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning 
turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi
SHK ning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2—3 marta ortgiradi; 
• 80286 va undan yuqori MP ning hisoblash tarmog’ada ishlash imkoniyati; 
• 80286 va undan yuqori MP ning ko’p masalalar bilan ishlash (ko’p
dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi. 
Zamonaviy mikroprocessorlar ikkita ish rejimiga еga: 
• haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va 
kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi
mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar
ulangandagina murojaat qilish mumkin; 
• himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta
dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo’lgan barcha
asosiy xotiraga to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), 
uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda 
uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi; 
• 80386 va undan yuqori MP larda virtual mashinalar tizimi rejimini
qo’llab quvvatlash. 
Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada
rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operacion tizimi boshqaruvi 
ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MP da guyo, parallel ishlaydigan va
turli xil operatsion tizimlarga еga bo’lgan bir nechta kompyuterlar 
modellashtiriladi. 


Markaziy 
protsessor 
yoki 
protsessor 
kompyuterning 
eng 
asosiy 
qurilmalaridan biri hisoblanadi. Aynan ushbu qurilma kompyuterdagi barcha 
hisoblash ishlarini olib boradi. Protsessor qancha kuchli bo'lsa, kompyuteringiz 
shuncha tez ishlaydi. 
Mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi eng asosiy kompaniyalardan biri bu 
Intel kompaniyasi hisoblanadi. hozirgi kunda biz ko'p foydalanadigan shaxsiy 
kompyuter deb nomlanuvchi birinchi kompyuterlarga ham aynan Intel 
kompaniyasining 8086 markali birinchi protsessori o'rnatilgan edi. Lekin o'sha 
davrda boshqa turdagi protsessorlar mavjud bo'lsada, aynan 8086 markali 
protsessorlar ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar orasida keng qo'llanila 
boshlandi. Misol sifatida o'sha davrda shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara 
boshlagan Apple kompaniyasi ham aynan 8086 markali protsessorlardan 
foydalanishgan. 
Keyingi ishlab chiqarilgan protsessorlar turlari mos ravishda 80286, keyingisi 
80386. Vaqt o'tishi bilan protsessor markalarini uch simvol bilan belgilashni 
bosh
ladi 
ham
da 
keyi
ngi 
ishla

chiq
arilg
an 
protsessorlar 286, 386, 486 deya yuritila boshladi. Shu sababli, keyinchalik 
protsessorlar oilasi x86 deya yuritila boshladi. 


Intel kompaniyasi o'zlari protsessorlar ishlab chiqaribgina qolmasdan boshqa 
kompaniyalarga ham o'zlarining birinchi protsessorlarini yaratishga ham yordam 
bera boshladi. Shunday qilib AMD kompaniyasi yuzaga keldi. hozirgi kunda 
dunyoda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarning 90% aynan ushbu ikki 
kompaniya 
hisobiga 
to'g’ri 
keladi. 
Mikroprotsessorning 
eng 
asosiy 
xarakteristikalari mavjud. Bular: takt chastotasi, yadrolar soni, kesh xotiralardan 
iborat. 
Takt chastotasi – mikroprotsessorning qanday chastotada ishlashini ya'ni bir 
sekundda bajaradigan amallarining sonini bildiradi. Takt chastota qancha yuqori 
bo'lsa, kompyuterning ishlash tezligi ham yuqori bo'ladi. 2000 yillarda kompyuter 
samaradorligini belgilashda aynan takt chastotasi asosiy xarakteristika manbasi 
sifatida qaralgan. Lekin vaqt o'tishi bilan kompaniyalar mikroprotsessor 
arxitektrurasidan kelib chiqib takt chastotaga fizik to'siq mavjudligini aniqlashdi. 


hozirda eng yuqori takt chastotada ishlovchi kompyuterlar 4 Ggts da ishlashi 
mumkin. Bunday chastotada ishlovchi mikroprotsessorlar ko'p energiya sarfi, 
sovutish tizimining shovqinli ishlashi va tez qizib ketishi bilan boshqalaridan 
ajralib turadi. Shunda ishlab chiqaruvchilar mikroprotsessorlar samaradorligini 
oshirishning boshqa yo'llarini qidira boshlashdi va quyidagi ikki yo'nalishni asosiy 
sifatida belgilab olishdi. Bular: 
• Mikroprotsessorlarni 32 razryaddani 64 razryadga o'tkazish; 
• Mikroprotsessorlarda ko'p yadroli tizimni joriy qilishdan iborat edi 
Shu sababli so'nggi yillarda ishlab chiqariluvchi ko'pchilik kompyuterlardagi 
mikroprotsessorlar o'zlarida bir nechta yadrolardan iborat bo'la boshladi. Bunda bir 
fizik yadro ikki oqimga xizmat ko'rsatishini aloqida ta'kidlab o'tish joiz bo'ladi. 
Kompyuter ishlashi davomida biz foydalanadigan antiviruslar, ofis dasturlari, 
brauzerlar va boshqa dasturlar asosan bir yadroda ishlaydi. Faqat ayrim dasturlar 
bir vaqtning o'zida ikki yadrodan ham foydalana olishi mumkin. 
Bunday dasturlar toifasiga Fotoshop dasturini misol sifatida keltirishimiz 
mumkin.
Odatda mikroprotsessorga ma'lumotlar tezkor xotira orqali yuboriladi. Agar 
tezkor xotira sekin ishlasa mikroprotsessor ishiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Shu 
sababli bu ikki qurilma bir-birlari bilan ma'lumot almashganda kesh-xotiradan 
foydalanishadi. Bu qurilma xotira uncha katta bo'lmaydi. Ishlay tamoyili tezkor 
xotiradan kelgan ma'lumotlarni o'zida bufer sifatida saqlab turadi. Agar kompyuter 
ishlashi davomida bir ma'lumotga bir necha marotaba murojaat qiladigan bo'lsa, 
mikroprotsessor ma'lumotni tezkor xotiradan emas. Aynan kesh-xotiradan chaqirib 
oladi. 



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling