Kommunikatsiyasi
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarish
Download 481.1 Kb.
|
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI KOMPLEKSINI YARATISH VA BOSHQARISH
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarishBozor munosabatlari sharoitlarida xaridorlarning tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini maksimal darajada qondirishga qaratilgan marketing kommunikatsiyalari samaradorligi firmaning iqtisodiy farovonlikka erishishi uchun asosiy va hal qiluvchi omilga aylanadi. Oxirgi paytlarda kompaniyalar integrasiyalangan kommunikatsiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni amaliyotda foydalanadigan integrasiyalangan kommunikatsiyalar, yoki "kommunikatsiyalar g‘ildiragi" tarkibiga quyidagilar kiradi: reklama, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, siljitish tizimi, shaxsiy sotuvlar, PR, ko‘rgazma marketingi, interaktiv marketing, korporativ taniqlilik, homiylik. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing telefon marketingi, direkt- meyl, korporatsiya kuchlari bilan reklama kampaniyalarini ko‘zda tutadigan bir nechta kommunikatsiya usullarini taqozo etadi. Korporativ taniqlilik kommunikatsiyasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u arxitektura dizayni, firma uslubi, tashkilot madaniyati, brend ommaviyligi, mijozlarga servis xizmati ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan holda jamoatchilik vakillari bilan umumiy aloqalar orqali namoyon bo‘ladi. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi: marketing kommunikatsiyalarini korporativ maqsadlar bilan muvofiqlashtirish (vertikal bo‘yicha integrasiya). Bunda oliy bo‘g‘in rahbariyatining nafaqat integrasiya masalalari bo‘yicha, balki kommunikatsiyalarni amalga oshirish shakllari bo‘yicha ham qo‘llab-quvvatlashi zarur. Bunga sotuv bozorlarida mustahkam pozisiyalar egallash bo‘yicha kommunikatsiya maqsadlari va vazifalari aniq ifodalangan holda erishish mumkin bo‘ladi. marketing kommunikatsiyalari strategiyalarini korporativ bloklarning funksional faoliyati bilan muvofiqlashtirish (gorizontal bo‘yicha integrasiya). Muvofiqlashtirish jarayonida muddatlar bo‘yicha ham, ehtiyojlarni qoplash manbalari bo‘yicha ham real ijro etilishi mumkin bo‘lgan marketing kommunikatsiyalari aniq dasturi zarur. marketing to‘plami doirasida, ya’ni tovar, narx, taqsimot, ilgari surish va jamoatchilik bilan aloqalarni hisobga olgan holda integrasiya. Bir vaqtning o‘zida xabarni va xaridorlar maqsadli muloqot doiralari e’tiborini jalb qilishning korporativ usulini integrasiya qiladigan kompaniya brendi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Moliyaviy integratsiya. Nolga teng byudjetdan boshlang va unga kommunikatsiya kanali tannarxi hamda tanlab olingan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan kommunikatsiya dasturi bo‘limlari bo‘yicha umumiy xarajatlarni qo‘shing. joylashtirishni integrasiyalash birinchi navbatda eng yangi axborot texnologiyalari, yangilik press-relizlari, raqobatli ustunliklar, bozordagi barqarorlikdan foydalanish; korporativ ta’sirni mustahkamlash uchun ijtimoiy aksiyalar va taqdimotlar tashkil qilish; tarmoq ko‘rgazmalarida ishtirok etishni nazarda tutadi. Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalarini amalga oshirish muayyan ustunliklarga ega, chunonchi: yakuniy hisobda, doimo sotuvni oshirish va belgilangan miqdorda foyda olish; to‘siqlarni bartaraf qilish natijasida kommunikatsiya kanali tozaligini ta’minlash; umumiy dasturni bajarish doirasida takrorlanish, parallellik elementlarini yo‘qotish hisobiga pul mablag‘larini tejashga erishiladi. Kompaniya menejmentining korporativ sa’y-harakatlari birinchi navbatda kommunikasion marketing strategiyalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Firma strategiyasi bu – ular yordamida kompaniya qo‘yilgan vazifalarni bajarishga umid qiladigan chora-tadbirlar mantiqiy sxemasi. Download 481.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling