Kommunikatsiyasi


-rasm. Muloqot strategiyasi modeli


Download 481.1 Kb.
bet6/8
Sana04.11.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1748496
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI KOMPLEKSINI YARATISH VA BOSHQARISH

2.4-rasm. Muloqot strategiyasi modeli


*OM – xaridorlar, hukumat strukturalari, investorlar va aksiyadorlarning jamoatchilik fikri

Marketing kommunikatsiya strategiyalarii ishlab chiqish quyidagi rasmda aks ettirilgan uchta asosiy bosqichning bajarilishini taqozo etadi.



  1. Kommunikatsiya maqsadlarini asoslab berish va mezonlar tizimini aniqlash bo‘yicha tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda bozordagi vaziyatni tizimli baholash va uzoq muddatli foydani hisobga olgan holda marketing yakuniy natijalarini belgilab olishga imkon beradigan to‘la-to‘kis axborot ma’lumotlar to‘plamiga ega bo‘lish zarur.

  2. Asosiy bosqich marketing strategiyalari to‘plamini ranglarga ajratish va uni yakuniy tanlashni, bir vaqtning o‘zida deyarli foyda keltirmaydigan va bajarish qiyin bo‘lgan yo‘nalishlarni chiqarib tashlagan holda uni amalga oshirish taktikasini belgilashni ko‘zda tutadi.

2.5-rasm. Marketing kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish bosqichlari




Strategiya bu – kompaniyaning jamiyatdagi nufuzi, imidjini namoyish etishga imkon beradigan integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini optimallash sohasidagi reja-boshqaruv qarorlari.
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari strategiyasini shakllantirishda iqtisodiyotning globallashuvi megaomillarini, birinchi navbatda, sayyoramizning turli nuqtalarida taklif etilgan tovarlarga xaridorlar reaksiyasi omillarini hisobga olish zarur.
Milliy bozorlar ochiqligi iste’mol madaniyati, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, davlat tomonidan tartibga solish o‘ziga xosliklari sohasida global xabardorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, global marketing o‘ziga xosliklari eksport- import operasiyalarini amalga oshiruvchi o‘rta va yirik biznes vakillariga, ya’ni xalqaro tashkilotlar, milliy va transmilliy kompaniyalar, xoldinglar, konglomeratlar, moliya- sanoat guruhlari, ittifoq va uyushmalar bilan bog‘liq.
Bu kompaniyalar menejmenti sotuv bozorining mahalliy segmentiga nisbatan global omillarni diqqat bilan hisobga olishda marketing strategiyasini ishlab chiqishi zarur.
Shubhasizki, marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish natijalari va ularning tijorat muvaffaqiyatlaridagi ulushini aniqlash juda qiyin. Amaliyot shundan dalolat beradiki, maksimal muvaffaqiyatga strategiya ishlab chiqadigan va ishonchli kommunikatsiyalar yaratishga katta mablag‘ sarflaydigan firmalar erishadi.
Global kommunikatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish amaliyotda ikki turga bo‘linadi: markazlashgan va nomarkazlashgan.
Markazlashgan global kommunikatsiyalar, qoidaga ko‘ra, bosh qarorgohdan turib markazda ishlab chiqiladi. Misol qilib Coca-Cola transmilliy kompaniyasining "Umumiy Assambleya" deb ataladigan va quvonch bilan kuylayotgan butun dunyo bolalarini ko‘rsatadigan strategiyasini keltirish mumkin. Bu reklama "Men – dunyo kelajagiman, millatim kelajagiman!" so‘zlari bilan boshlanib, "Coca-Cola yaratuvchi barcha kishilardan umid xabari" shiori bilan yakun topadi. Puxta o‘ylab chiqilgan logotip va unifikasiyalangan brend imidji dunyoning ko‘plab mamlakatlariga mos keladi va reklama mass-medialar ular bilan qiziqib qolgan.
Nomarkazlashgan global kommunikatsiyalar har bir mahalliy struktura yoki mahalliy bozorga nisbatan uning agentligi tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ushbu strategiyada bitta kompaniya mahsuloti mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xilma-xil usullar bilan reklama qilinadi. Bunday strategiyalar katta xarajatlar mexanizmiga ega bo‘lib, umumiy korporativ uslubga putur yetkazadi, lekin bunda yuqori tashabbuskorlik va ijodiy yondashuv saqlanib qoladi.
Samarali nomarkazlashgan kommunikatsiyalarga misol tariqasida "SPN - Granat" agentligi (Sankt-Peterburg) tomonidan "Coroli" golland kompaniyasi ishlab chiqargan o‘simlik moyi reklamasi bo‘yicha baynalmilal ijodiy loyihani keltirish
mumkin. "Coroli" moyi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida xarid qilinishi sababli avvalboshdan mahalliy an’analarga moslashtirilgan yig‘ma reklama obrazi taklif etildi. Bu ishlar natijasida reklama kreativida xartumida bir shisha "Coroli" moyi ushlab turgan fil tasviri va: "Sizning oshxonangiz kuchli tomoni" (power in your Kitchen – ingliz tilidagi variantda.) shiori paydo bo‘ldi. YOrqin qizil-to‘q sariq fondagi ulkan fil tasviri ajoyib topilma bo‘ldi. Bu kommunikatsiya mahsulot sotish hajmini qariyb uch baravar oshirishga imkon berdi.
Ichki, tashqi va global kommunikatsiyalarni moslashuvchan tarzda uyg‘unlashtirish uchun tizimli hujjat doirasida puxta o‘ylab chiqilgan dastur zarur bo‘lib, u tufayli ishlab chiqilgan marketing kommunikatsiyalarini hayotga tatbiq etish mumkin bo‘ladi.
Marketing kommunikatsiyalari dasturi – kompaniya missiyasiga erishish maqsadida marketing faoliyatini amalga oshirishning strategik, taktik va natijaviy bloklarini o‘z ichiga oladigan tizimli hujjat.
Marketing kommunikatsiyalari dasturi ishlab chiqishdan oldin nafaqat tovarlar, xizmatlar, taqsimot tizimlari, ilgari surish, joylashtirish potensial imkoniyatlari auditini bajarish, balki qondirilmagan talab darajasini aniqlagan holda mijozlarning ehtiyojlarini baholash ham zarur. bir vaqtning o‘zida g‘irrom (nohalol) OAV va raqobatchilar tomonidan kommunikatsiya kanalida uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarning oldini olish zarur.
Kommunikatsiya dasturini bajarishning asosiy bloklari 2.6-rasmda aks ettirilgan




Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling