Kommunikatsiyasi


Marketing kommunikatsiyasini


Download 481.1 Kb.
bet5/8
Sana04.11.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1748496
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI KOMPLEKSINI YARATISH VA BOSHQARISH

Marketing kommunikatsiyasini boshqarish – bozor tendensiyalari va qonuniyatlari ta’sirini hisobga olgan holda jamoatchilik bilan aloqalar, ko‘rgazmalar tashkil qilish, reklama va ilgari surish elementlarining axborot texnologiyalari vositasida bozor barqarorligini tartibga solish bo‘yicha kompaniyaning maqsadli yo‘naltirilgan faoliyati.
Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni kommunikatsiyalarga qarash, strategiya tanlash va asoslab berish, jamoatchilik bilan aloqalar va ijtimoiy- korporativ javobgarlik bo‘yicha qarorlarni kompleksli ravishda ishlab chiqishni taqozo etadi.
Har qanday kompaniya marketingni boshqarish tizimini ta’minlaydigan
kommunikatsiyalar optimal to‘plamiga ega bo‘lishga intiladi.
Marketing kommunikatsiyalari to‘plamini asoslab berishda kommunikatsiya strategiyalari ishlab chiqish bosqichlarining asosiy ketma-ketligi, mezonlari va tarkibiy qismlarini diqqat bilan hisobga olish zarur.
Har bir kompaniya uchun muloqot strategiyasi modelini tuzishni hisobga olgan holda missiyaga erishishga qaratilgan o‘z kommunikatsiyalariga ega bo‘lish dolzarb
ahamiyatga ega. Mazkur model uning doirasida katta biznes falsafasini tashkil qiladigan kishilar doimiy o‘zaro aloqa qiladigan, tijorat aloqalari va zarur muloqotlar yaratish natijasida ayirboshlash jarayonini amalga oshiradigan dinamik tizimni ifodalaydi.
Menejmenti marketing kommunikatsiyalari ketma-ketligi va tarkibiy qismlarini yaxshilab o‘ylab chiqa olgan kompaniya yutuqda qoladi.
Marketing kommunikatsiyalarini tanlashda marketing bo‘yicha menejer korporativ strategiya ishlab chiqish bosqichlarining ketma-ketligi va asosiy mezonlarini hisobga olishi shart. Marketing kommunikatsiya strategiyasining eng muhim mezonlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Bozorga kirib borish, innovasiyalarni rivojlantirish, muvaffaqiyatli joylashtirish bo‘yicha marketing maqsadlari.

  • Axborot uzatish kanali sifat tarkibiy qismlarlari, jumladan: kanal tozaligi (shovqinlar yo‘qligi); axborot oluvchiga ta’sir darajasi; xabar mazmuniga ijodiy yondashuv; axborot istiqbolliligi, obyektivligi; xabarni idrok qilish va eslab qolish darajasi.

  • Kommunikasion muvofiqlashtirish. Mazkur mezonlar guruhinng xususiyati shundaki, u bir vaqtning o‘zida hamkorlarning idrok qilishi va tushunishi boshqaruv va psixologik muammolarini hisobga oladi. Hissiyotlar, ehtiyojlar va moyilliklarni hisobga olgan holda ijtimoiy guruhda shaxs va uning xulq-atvori psixologik reaksiyalarini bilib olish natijalari foydalanish uchun asos qilib olinadi.

  • TV, radio, elektron OAV, mass-mediadan mohirona foydalanish natijasida iste’molchilar maqsadli guruhlariga kommunikativ xabarning kirib borish va qamrab olish darajasi.

  • Xabar o‘tishining qulay shartlari mavjudligi bilan belgilanadigan kommunikatsiya kanali ochiqligining tarkibiy qismlarlari. Bunda kanal tannarxini, shuningdek, maqsadli muloqot doirasiga «kirish» umumiy xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ular juda katta bo‘lmasligi va kompaniya rentabelligiga ziyon yetkazmasligi lozim.

  • Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni dinamikasi va natijaviyligini ta’minlaydigan qaytuvchan aloqa samaradorligini nazorat qilish va kompleksli baholash.

3. Yakuniy bosqich belgilangan kommunikatsiyalar natijaviyligi bashoratini baholashni o‘z ichiga oladi. Bunda zamon va makonni hisobga olgan holda zarur resurslarni qoplash manbalari aniqlanadi. Ushbu bosqichning asosiy yo‘nalishi marketing qarorlariga o‘z vaqtida tuzatish kiritish uchun marketing kommunikatsiya strategiyalarini shakllantirishning barcha bo‘limlarini bajarish ustidan nazorat mexanizmini ishlab chiqish hisoblanadi.


Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling