Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati


Kasbiy-pedagogik faoliyat monitoringi


Download 54.41 Kb.
bet5/5
Sana26.06.2023
Hajmi54.41 Kb.
#1655452
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu

Kasbiy-pedagogik faoliyat monitoringi – yetuk, malakali kadrlarning mustaqil va rejali asosda o‘z ustida ishlashi, kasbiy kompetentlikni izchil rivojlantirib borishini kuzatishdan iborat. Bu esa ta’lim oluvchilarning o‘qitilish darajasini bilish uchun testlar, yozma yoki og‘zaki shaklda nazoratlar, audit, esse, portfolio, o‘z-o‘zini baholash, imitatsion va muammoli vaziyatli topshiriqlar asosida ma’lumotlarni yig‘ish usuli, ta’lim natijalarining darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar majmuyidan iboratdir. Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda yaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz.
Yaxlit tizim – muayyan maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tizim uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri sifatida yuzaga keladi, biroq maqsad unga erishish uchun muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimli integral va uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlari yig‘indisining mavjudligidir. Yaxlit tizimning biribiriga bog‘liq elementlari uning tarkibiy qismlari, zero, tizim ulardan tarkib topadi, biroq tarkibiy qismlar tasodifiy obyektlarning yig‘masi emas. Ular tizim bilan integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning muhitda maqsadga erishish uchun amalga oshiradigan harakatlari aynan uning faoliyat va funksiyalarini tashkil qiladi. Faoliyat va funksiyalar maqsadga nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi. Shunday qilib, har qanday tizim o‘zgarmas, barcha vaqt va davrlar hamda hodisa va jarayonlar uchun absolut bir xil va abadiy bo‘lmaydi, chunki qaramaqarshiliklar va nomutanosibliklarning mavjudligi tizim va muhit o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlashga, tadqiq qilinadigan hamda loyihalanadigan obyekt va jarayonlarni tashqaridan bir butun yaxlit, ichkaridan esa aniq va to‘liq tasavvur qilishga, pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning maqsadi, tuzilmasi, funksional vazifalari va vositalarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Download 54.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling