Kompьyuter modellashtirish
– Ma’ruza: Kompьyuterli matematik modellashtirish
Download 300.17 Kb.
|
2 5393186520871996146
4 – Ma’ruza: Kompьyuterli matematik modellashtirish
Reja: 1. Kompьyuterli matematik modellashtirishning bosqichlari va maqsadlari. 2. Markovning uzluksiz jarayoni sxemasi bo`yicha modellashtirish. 3. OXKT (ommaviy xizmat ko`rsatish tizimi)ning elementlari. Ma’ruzada Markov jarayonining elementlari asosida modellashtirilayotgan ob’yektlarda o`tayotgan jarayonlarning “Markov”liligi xaqidagi faraz joylashtirilgan bir qator analitik modellar ko`rib chiqiladi. Matematik model ob’yekt yoki jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini tenglamalar tili va boshqa matematik vositalar orqali ifodalab beradi. Umuman olganda matematika o`zining mavjudliligi uning atrofdagi dunyoni o`zining o`ziga xos bo`lgan til vositasida modellashtirish bilan tasvirlab berishga uringani sharofatidandir. Matematik modellashtirish rivojlanishiga EXMlarning paydo bo`lishi juda xam katta turtki bo`ldi, vaholangki uslubning o`zi matematika bilan bir necha ming yil avval paydo bo`lgandi. Kompьyuterli modellashtirishda modellarga aloqador umumiy talablar bu demak qaror qabul qiluvchilar uchun xozirgi muxim muammolarni yechishga qaratilgan. Model samarali bo`lishi kerak bu degani qabul qilingan natijada modellashtirishda keng ko`lamda qo`llash kerak bu talab faqat aniq ifodalashda natijani talab qiladi Model aniq bo`lishi kerak bu degani modellashtirishda natijalar noto`g`ri bo`lmasligi kerak u bir biriga mos bo`lishi kerak, ya’ni u bir biriga mos bo`lmasa kutilgan natijani bermaydi. Model iqtisodiy jixatdan arzon bo`lishi kerak. Bu demak modellashtirishni qo`llanishi natijalarni uning o`rganilishidan oshmasligi. Bu talablar (ko`p xollarda ularni tashqi talablar deyiladi) Bu talablar modelning ichki xususiyati bo`lgandagina bajariladi. Model quydagicha bo`lishi kerak; Muxit (ahamiyatli) masalan mazmun moxiyatini ochib bera olishi. Kuchli, yani juda muxim malumotlarni yig`a olishi. Oddiy – o`qish va ishlatish uchun sodda va kompьyuterda oson ishga tushishi. Ochiq uyni o`zgartirish va kattalashtirish uchun. Mavzuni oxirida qisqacha muloxaza yuritamiz: Matematik modellashtirish soxasini cheklash juda qiyin. Harbiy va sanoat soxasini o`rganishda va bunyod etishda uning maqsadini xar doim aniklash mumkin, jarayon texnik yoki iqtisodiy qonunlarga bo`ysunganini kuzatish mumkin. Shunday qilib, xar doim aniq soxada o`z bilimlarini kengaytirishi zarur, lekin birinchi navbatda matematikada. Oxirgi 10 yillikda jamiyat va siyosat haqida so`zlovchi noaniq, qarama qarshilik muammolari vujudga keldi. Matematik modellashtirish bu soxa xali xamon muammoliroq. Bu nima va qanday muammo? Tashqi muxitni ifloslanishidan muxofazasi; Vulqon qizishi xaqidagi muammolar; Zil zilalar; TSunami; Shaxarlar rivojlanishi; xarbiy xarakatlarni boshqarish va xokazo. Lekin kompьyuterda modellarni tarraqiyoti juda tezlik bilan ivojlanayapti va modelashtirishdagi muammolar o`z yechimi topyapti. Download 300.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling