Kompьyuter modellashtirish


– Ma’ruza: Modellashtirilayotgan tizimning xayotiy tsikli. Modellar ustida operatsiyalar o`tkazish


Download 300.17 Kb.
bet8/19
Sana08.04.2023
Hajmi300.17 Kb.
#1341336
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
2 5393186520871996146

5 – Ma’ruza: Modellashtirilayotgan tizimning xayotiy tsikli. Modellar ustida operatsiyalar o`tkazish.


Reja:
1. Modellashtirilayotgan modelning xayotiy tsikli.
2. Modellar ustida operatsiyalarni bajarish.
EXM uchun algoritmni ishlab chiqilishi va dasturning tuzilishidan so`ng uning yordamida qo`pol xatolarni bartaraf etilishi uchun eng sodda testli masalani (javobi avvaldan ma’lum bo`lgani yaxshiroqdir) yechib ko`rish zarur. Bu ish formal ravishda to`la ta’riflab berilishi qiyin bo`lgan testlashtirish muolajasining boshlanishidir. Moxiyatiga ko`ra testlashtirish uzoq vaqt davomida o`tishi mumkin bo`lib, foydalanayotgan kimsa o`zining professional belgilariga monand ravishda dasturni tugallagan deb xisoblaganidan so`ng tugatilishi mumkindir.
Kompьyuter modelining asosiy bosqichlari quyidagicha:

  1. Masala o`rnatish, modellashtirishning ob’yektini aniqlash.

  2. Kontseptual (tushunuvchan) modelni ishlash sistemaning tarkibiy qismlarini aniqlash.

  3. Matematik modelga o`tish algoritm tuzish va dastur yozilishi.

  4. Kompьyuter tajribalarini rejalashtirish va amalga oshirish.

  5. Natijalarni taxlil qilish.

  6. O`xshash va yasama (qalbaki) modellarni farqlash.

Modellashtirish imkoniyatlari, ya’ni modelni o`rganishda olgan natijalarni ko`chirish.
O`rganuvchi qiziqgan ob’yektga asoslanib (modellashtiradi, ta’riflaydi, taqlid qiladi). Modellashtirish juda keng tarqalgan va yetarli turlarini tasnifi nihoyatda qiyinlashgan “MODEL” tushunchasi faqatgina ilm va texnikada emas, balki san’atda va kundalik hayotda xam katta axamiyatga ega. Shunday ekan tabiiy va texnik fanlarda modellashtirish quyidagicha farqlanadi:

  1. Kontseptual modellashtirish, bunda o`rganish ob’yekt yoki sistema xaqidagi ma’lum xaqiqat (fakt) maxsus belgilar yordamida talqinlanadi.

  2. Fizik (xaqiqat) modellashtirish model va modellashtiruvchi ob’yekt o`zidan real xolatni ifodalab beradi bu fizik xodisa bilan o`xshash.

  3. Funktsional – tuzulish, modellashtirish, bunda modellashirish chizmalaridan iborat bo`ladi, diagramma, grafika jadvallar maxsus qoidalardan tuzilgan bo`ladi.

  4. Matematik (matematik mantiq) modellashtirish model qurilishi matematik mantiq yordamida amalga oshiriladi.

  5. Imitatsion modellashtirish bunda o`rganilayotgan ob’yektga matematik mantiq algoritm funktsiyasini namoyon etadi, komьpyuter dasturida amalga oshiriladi.

  6. Analitik modellashtirish- bu shunday modellashtirishki, bunda real ob’yektning algebraviy ko`rinishdagi sanoq matematik model o`rganiladi va ularni to`g`ri yechilishiga olib keluvchi differentsial va boshqa tenglamalar

  7. Imitatsion modellashtirish- bunda matematik modellar algoritm sifatida o`rganiladi.

Kompьyuter modellashtirish- kompьyuter modelini ishlatish asosida masalalarni yechish yoki taxlil qilish. Buni asl moxiyati modelni miqdori va sifatiga bog`liq. Sifat fikri noma’lum sistema xususiyatini aniqlashda yordam beradi uning tuzilishi va xokazo.
Miqdoriy fikr asosan sistemani moxiyatini oldindan aytishga moslashadi.
Kompьyuterli model predmeti quydagilar bo`lishi mumkin: Firma yoki bankni iqtisodiy faoliyati, texnologik jarayon, xar bir real ob’yekt yoki jarayon, masalan inflyatsiya jarayoni va umuman qiyin soxalar. Kompьyuter modellashtirishning maqsadi turlicha. Lekin ko`p xollarda modellashtirish taxlil sistemasining protsedurasi xisoblanadi.

Download 300.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling