Kompleks birikmalar eritmalari analizi topshirdi: K. Rimboyeva Qabul qildi: D. A. Dushamov Urganch-2021
Kompleks birikmalar eritmasidagi muvozanat . Barqarorlik va beqarorsizlik doimiylari
Download 143.5 Kb.
|
Rimbayeva K. Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Komplekslarning shartli barqarorlik doimiylari
2.2 Kompleks birikmalar eritmasidagi muvozanat . Barqarorlik va beqarorsizlik doimiylari
Kation va anion komplekslar, odatda, suvda oson eriydi. Ularning suvli eritmalarida kimyoviy muvozanat qaror topadi, ba'zan bunday muvozanat ancha murakkab bo'ladi. Noelektrolit komplekslar, odatda, suvda oz eriydi, erigan qismi kuchsiz elektrolit sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, kumushning ammiakli kompleksi (Ag(NH3)2]CI yoki kaliy ferrosianid K4[Fe(CN)6] suvda eritilganda avval birlamchi elektrolitik dissotsiatsiya boradi. bunda kompleksning tashqi sfera ionlari ajralib ketadi [Ag(NH3)2]—[Ag(NH3) 2 ]+ +CI- K 3[Fe(CN)6 ]—4K++ [Fe(CN) 6]4- Tashqi sferasida ioni bo'lgan kompleksning birlamchi dissotsiatsiyasida kompleks kuchli elektrolit sifatida ionlarga to'liq dissotsilanadi. So'ngra elektrolit sifatida ichki sfera ligandlari ajraladi. Masalan, kumushning ammiakli kompleks ioni dissosilanganda ichki sferadagi mmiak molekulalari bosqichli ravishda suv molekulalariga almashadi: [Ag(NH3 )2]++H2O= [Ag(NH3)(H2O)]+ +NH3. [Ag(NH3)(H2O)]+ +H2O= [Ag(H2O)2]+ +NH3. Kompleks ichki sferasi dissotsiatsiyasining har bir bosqichi o'zining kimyoviymuvozanat doimiysi bilan tavsiflanadi. Yuqorida keltirilgan kimyoviy tenglamalarda kompleksning ichki sferasidan ajralib chiqayotgan ligand o'mni suv molekulasi bilan egallanishi ko'rsatilgan. Amalda kompleks ion dissotsiatsiyasi yozilgan tenglamada ixchamlik ma'nosida suv ko'rsatilmaydi. Biz ham keyingi boblarda ana shu odatga amal qilamiz. Umumiy holda kompleks hosil bo'lish muvozanatini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, M-metall ioni L ligand molekulalarini bosqichma bosqich biriktirib, qator komplekslar hosil qilmoqda Bu formulalarda barcha faolliklar muvozanat holati uchun, B₁, B₂... By muvozanatning haqiqiy termodinamik doimiylari, ya'ni kompleks hosil bo'lishning alohida bosqichi muvozanat doimiylaridir. Kompleks hosil bo'lishi bosqichli muvozanat doimiylarining ko'paytmasi kompleks hosil bo'lish to'liq muvozanatdoimiysiga teng: Haqiqiy termodinamik barqarorlik va qarorsizlik doimiylari (agar ular muvozanat faolliklari orqali ifodalangan bo'lsa) faqat reagentlar, erituvchi tabiati va haroratgagina bog'liq bo'lib, konsentrasiyaga bog'liq emas. Konsentratsion barqarorlik va qarorsizlik doimiylari (ya'ni muvozanat konsentratsiyalari orqali ifodalangan doimiylik) yuqorida keltirilgan omillardan tashqari eritmaning konsentrasiyasi va ion kuchiga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun kompleksning barqarorlik yoki qarorsizlik doimiysining son qiymati keltirilganda muvozanatning tegishli tenglamasidan tashqari faqat haroratnigina emas, balki ion kuchini JK ham ko'rsatish kerak.Tarkibi va tuzilishi bir xil va ligandlari kislorod yoki azot donor atomi orqali markaziy atomga koordinatlangan turli metall komplekslarining barqarorlikdoimiylari quyidagi tartibda o'zgarishi Mn2+ < Fe2+ < Co2+ tajriba asosida aniqlangan. Bu tartib Irving Uilyams qatori deb ataladi va uning nazariy asosi ham mavjud Komplekslaming barqarorlik doimiylari eritmadagi zarralarning muvozanat konsentratsiyalarini hisoblash va komplekslarning nisbiy barqarorligini baholash imkonini beradi. Agar, masalan, organizm biror metall birikmalari bilan o'ta to'yingan bo'lsa, bu odatda turli darajadagi zaharlanishga olib keladi, oiganizmga turli antidot zaharsiz ligandlar (ba'zi kompleksonlar, unitiol va boshqalar) kiritiladi. Ular tanani zaharlovchi metallar bilan barqaror, eruvchan komplekslar hosil qilib, ularni organizmdan tabiiy yo'l bilan chiqarib yuboradi. Agar aksincha, organizmda qaysi bir metall yetishmayotgan bo'lsa (masalan, kamqonlikda temir moddasining yetishmasligi), unda organizmga shu metallning o'rtacha barqarorlikdagi kompleks birikmalari yuboriladi. 2.3. Komplekslarning shartli barqarorlik doimiylari Kompleks birikmaning eritmasida ligandlar turli shakllarda mavjud bo'lib, kompleks bosil bo'lish muvozanatidan tashqari boshqa, qo'shimcha muvozanatlarda ham ishtirok etishi mumkin. Agar, masalan, erkin ligand sezilarli asosli xossaga ega bo'lsa (ko'p uchraydigan tipik holat) u kislotalar bilan ta'sirlashib, ularning protonin biriktirib oladi. Bunday yonaki jarayonlarning turlari ko'p. Eritmadagi ligandning barcha shakllarini hisobga olish maqsadida, shaklan konsentratsion barqarorlik va qarorsizlik doimiylariga o'xshash kompleksning shartli konsentratsion barqarorlik doimiysi yoki shartli konsentratsion qarorsizlik doimiysi tushunchalari kiritilgan. Shartli qarorsizlik doimiysi uchun ham shunga o'xshash ifodani (zarralar zaryadlari ko'rsatilmagan) yozish mumkin: Shartli barqarorlik va beqarorlik doimiylari aslini olganda biror kimyoviy muvozanatning haqiqiy termodinamik doimiysi bo'la olmaydi. Ularning son qiymatlari reaksiya sharoiti o'zgarishi bilan o'zgarib ketadi. Shunday bo'lsada, ulardan, ligandlar ishtirok etayotgan raqobatdosh yonaki reaksiyalarni hisobga olish maqsadida, amaliy hisoblarda foydalaniladi. Boshqa turdagi raqobatdosh yonaki reaksiya (muvozanat)lar bo'lgan hollar uchun ham kompleksning shartli barqarorlik doimiysini hisoblash tenglamasini chiqarish mumkin. Uqdirish lozimki, kiritilgan shartli barqarorlik doimiysi tushunchasi nisbatan sodda (7.1) muvozanat uchungina o'rinli. Boshqa hollarda, konkret holga qarab shartli barqarorlik doimiysining ma'nosi o'zgaradi. Boshqacha aytganda, hosil bo'lish funksiyasi bu o'rtacha koordinatsion son (ligandlaming o'rtacha soni) bo'lib, bitta markaziy kompleks hosil qiluvchi metall atomiga bog'langan ligandlar sonini anglatadi. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling