Kompleks birikmalar eritmalari analizi topshirdi: K. Rimboyeva Qabul qildi: D. A. Dushamov Urganch-2021
Eritmada kompleks hosil bo'lish jarayoniga ta'sir etuvchi omillari
Download 143.5 Kb.
|
Rimbayeva K. Kurs ishi
2.4. Eritmada kompleks hosil bo'lish jarayoniga ta'sir etuvchi omillari
Muhit pH qiymatining ta'siri. Kompleks hosil bo'lish jarayoni yoki ligandlarni yonaki, raqobatdosh reaksiyalarida vodorod ionlari ishtirok etgan hollarda, eritma pH muhitini o'zgarishi kompleks hosil bo'lish jarayoniga sezilarli ta'sir etadi. Masalan, kumushning ammiakli kompleksi [Ag(NH)2] neytral va kuchsiz ishqoriy sharoitda mavjud bo'lib, kislotali sharoitda bu kompleks, kumush xlorid oq cho masini hosil qilib, parchalanadi: [Ag(NH3)]+CI2+ 2H20 AgCl + 2NH3 + 2H₂O. Ko'pincha, metall ionlarini kompleksga to'liq bog'lash maqsadida, kompleks hosil bo'lish reaksiyasi kuchsiz ishqoriy sharoitda olib boriladi. Bunday sharoitda vodorod ionlarining ligandga birikish ehtimoli kamayib, ligandning muvozanat konsentratsiyasi ortadi, (7.1) muvozanat o'ng tomonga siljiydi, ya'ni metall ionlarini kompleksga bog'lanish darajasi ortadi. Ammo metall ionlari gidrolizlanib, gidroksidlar hosil qilmasligi uchun kuchli ishqoriy sharoitda kompleks hosil bo'lish reaksiyasi, odatda, olib borilmaydi. Ligand konsentratsiyasini ta'siri. Ligandning konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo'lsa metall ionlari kompleksga shunchalik to'liq bog'lanadi. Haqiqatan, ligand L konsentratsiyasi ortganda (7.1) muvozanat o'ngga siljiydi va "erkin" metall ionlarining konsentratsiyasi kamayadi. Kompleks hosil qiluvchi metall bilan oz eruvchan birikma hosil qiluvchi begona ionlarning ta'siri. Eritmaga begona ionlarni qo'shilishi ba'zan kompleksni parchalanishiga olib keladi Misol uchun, kumushning ammiakli kompleks [Ag(NH)] eritmasidagi muvozanatini (ichki sferadagi ammiak molekulalari o'mini oluvchi suv molekulalarini ko'rsatmagan holda) ko'rib chiqamiz: [Ag(NH)]-[AgNH NH, Ag" + 2NH. Bu kompleks ancha barqaror bo'lgani (xona haroratida barqarorlik doimiysi B ning logarifmi lg3-7,21) uchun oddiy sharoitda bu muvozanat chapga [Ag(NH)] kompleks hosil bo'lish tomoniga siljigan bo'ladi. Eritmaga yodid I ionlari kiritilsa, kumush yodidni eruvchanlik ko'paytmasi K,(Ag)-8-10-, kumush xloridnikidan K.(Ag)-1.78-10-10 bir necha tartibga kichik bo'lgani sababli Ag+J-Agl kuchi ta'siri. Eritmani ion kuchi o'zgarganda ionlarning muvozanat faolliklari, binobarin, reagentlarning muvozanat konsentrasiyalarning nisbati o'zgarishi sababli eritma ion kuchining o'zgarishi ham kompleks hosil bo'lish muvozanati jarayoniga ta'sir etadi. Haroratning ta'siri. Barqarorlik va beqarorlik doimiylari ham boshqa har qanday kimyoviy muvozanat doimiysi kabi haroratga bog'liq, shuning uchun harorat o'zgarganda kompleks hosil bo'lish muvozanati u yoki bu tomonga siljishi muqarrar. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling