Kompleks sonlar nazariyasi


Download 1.57 Mb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1561420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompleks sonlar nazariyasi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SHAHRISABZ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI

MAGISTRATURA BO‘LIMI




KURS ISHI


MAVZU: KOMPLEKS SONLAR AKSIOMATIK NAZARIYASINING AKSIOMALARI. MINIMALLIK AKSIOMASI


Ilmiy rahbar: A. Amirov
Bajardi: S.Xusanova
Shahrisabz – 2023
REJA:
KIRISH
I BOB. SON TUSHUNCHASI VA KOMPLEKS SONLAR HAQIDA
1.1 Son tushunchasining rivojlanishi
1.2 Nomanfiy butun sonlar to`plamining xossalari
II BOB. HAQIQIY SON XOSSALARI
2.1 Haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonlar to’plamining xossalari
2.2 Algebraik ko’rinishdagi kompleks sonlar ustida to’rt amal
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Respublikamiz ta’lim muassasalarida o’quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratildi, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Sog’lom bolani voyaga etkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang’ich sinflarda joriy qilish uchun zamin yaratildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”1 kabilar belgilab berilgan. Bu esa shaxsning intellektual ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.


O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kurs ishida berilgan ma’lumotlar muayyan darajada xizmat qiladi.
Matematika-kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Axir umumiy matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda judayam nochor bo‘lib qolardik. Xuddi ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani kabi.
Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Bu muammolarga quyidagilar kiradi:
ta’lim texnologiyasi nazariyasining mohiyati, uning nazariy va amaliy asoslari borasida ma’lumotlar berishga xizmat qiluvchi manbalar, maxsus adabiyotlar va metodik qo’llanmalar hamda PTlarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish bo’yicha andozalarning yetarli emasligi; uzluksiz ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTM lar pedagoglarining ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida yetarli tajribaga ega emasligi;

  • uzluksiz ta’lim muassasalarining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun moddiy-texnik baza bilan yetarli darajada ta’minlanish muammosi ijobiy hal qilinmaganligi;

ommaviy axborot vositalarining xizmati orqali zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati hamda pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangi tajribalar haqida ma’lumot beruvchi tahliliy chiqishlarning uyushtirilishiga yetarli e’tibor qaratilmaganligi;

  • oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazida pedagogik texnologiya bo’yicha, bir qator tadqiqot ishlari olib borilib, kerakli natijalarga erishilganligiga qaramay, bu ma’lumotlar joylarga to’liq yetib bormayotganligi va boshqalar.

Yuqorida qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimga ega bo’lishini ta’minlash uzluksiz ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlar ta’limi jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Majmualar nazariyasini to’liq bilmagan kishi, pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatiga tushunib yetmaydi, zero undan foydalana olmaydi ham. Chunki pedagogik texnologiya yuz foiz majmui yondashuv tamoyilidan kelib chiqib, to’laligicha, uning tamoyillari va qoidalariga bo’ysunadi. Sinergetik dunyoqarash va uning ajralmas qismi bo’lgan, butun borliqqa majmui sifatida yondashuv tamoyilini bilmagan kishi, pedagogik texnologiyani asl mazmuniga tushunmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini to’laligicha tushunish va uni ta’lim jarayoniga qo’llash uchun quyidagilar amalga oshirildi:yer yuzidagi didaktik tizimlarni eng umumiy tarzda o’rganildi va tahlil qilndi; pedagogik texnologiyaning asosiy hususiyati, uni to’laligicha, majmui yondoshuv tamoyilidan kelib chiqqanligi bois, majmuilar nazariyasining qisqa va oddiy mazmun mohiyatini ochib berildi va pedagogik texnologiya asosida o’quv fani darslari loyihalandi; shuningdek, pedagogik jarayonni majmui sifatida tasavvur etib, pedagogik texnologiya nazariyasida qabul qilingan tamoyillari to’laligicha keltirildi

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling