Kompleks sonlar


Mavjud vaziyatni hal qilish uchun matematika o`qituvchilariga


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1258335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
kompleks sonlar mavzusi misolida nomatematik yonalishlardagi bakalavriat talabalarini oqitishda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish

Mavjud vaziyatni hal qilish uchun matematika o`qituvchilariga 
quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi: 
- matematik nutqni to`g`ri va aniq shakllantirish
- matnli masalalarini yechishda matematik mazmun va usullarni ajratib 
ko`rsatish va yangi holatga qo`llash; 
- masala shartlarini matnli ko`rinishdan matematik tilga o`girish va bu shakl 
almashtirishlarning mazmun va mohiyatini ochib borish; 
- o`quvchilarda ijodiy ishlash ko`nikmalarini shaklllantirish va faol aqliy 
harakatlarni amalga oshirishlari uchun muammoli vaziyatlarni yaratish. 
ta’lim jarayonida o`quvchilarning tabaqalashtirilgan individual shug`ullanish 
traektoriyalarini yaratish; 
- darsda interfaol va faol ta’lim texnologiyalari: loyiha metodi, keys, o`yin 
texnologiyalari, muammoli o`qitish, matn bilan ishlash, klaster, poster, 
sinkveyn, BBB, FSMU, baliq skeleti, nilufar guli kabi metodlardan o`rnida 
foydalanish. 
Kompetentsiyaga asoslangan o`quv topshiriqlari qanday bo`lishi kerak? 


Matematik masalalar – o`quvchilarda mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini 
shakllantirishning eng asosiy vositasi hisoblanadi; 
Odatiy (standart) matematik masala: 
Har qanday matematik masala “Shart” va “Xulosa” qismlardan tuziladi. “Shart” 
qismida “Ma’lum” kattaliklar beriladi va “Xulosa” qismida esa “Noma’lum” 
kattaliklarni topish talab qilinadi. “Noma’lumlar”ni topish uchun “Ma’lumlar”dan 
foydalaniladi. 
Standart masalalar 
Standart masala shartida berilgan “Ma’lumlar” “Noma’lumlar”ni topish uchun 
ko`p ham bo`lmaydi oz ham bo`lmaydi. Darsda ko`pincha standart ko`rinishdagi 
masalalar yechiladi. Standart masalalar darslikda ko`rilgan standart usullar bilan 
yechiladi. 
Nostandart masalalar 
Nostandart masala shartida berilgan “Ma’lumlar” nostandart ko`rinishda berilishi 
mumkin. “Ma’lumlar”, “Noma’lumlar”ni topish uchun keragidan ortiq ham 
bo`lishi mumkin, shuningdek, yetarli bo`masligi ham bo`lishi mumkin. Nostandart 
masalalarni yechishning standart usullari yo`q, har biri o`zgacha yondashuvni talab 
qiladi. Darsda nostandart ko`rinishdagi masalalar deyarli yechilmaydi. O’zbekiston 
Respublikasida ta’limning uzliksizligi,uzviyligi,o’quvchi shaxsi va qiziqishlari 
ustuvorligidan kelib shiqib,ularning yosh hususiyatlariga mos ravishta quyidagi 
kompetenciyalar shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga 
erishgandan buyon qisqa bu davr mobaynida Vatanimiz iqtisodiy,siyosiy va 
ma’naviy sohalarda ulkan ulkan muoffaqiyatlarga erishdi.bu muoffaqiyatlar 
zamirida davlatimiz tomonidan 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”ning ham ahamiyati beqiyosdir. 
Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash,takomillashtirish,o’qitish 
samaradorligini va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg’or pedagogik 
tajribalarni keng ommalashtirish bo’yicha ham ancha ishlar amalga 
oshirildi.Mustaqillikning daslabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini isloh 


qilish,yangi DTS va o’quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar 
yaratish davlatning asosiy ishlaridan bo’ldi. 
Kompetensiya-Fan bo’yicha egallagan nazariy bilim,amaliy ko’nikma va 
malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarini 
yechishta 
foydalanib,amaliyotda 
qollay 
olishdir. 
Kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim-o’quvchilarda egallagan bilim,ko’nikma va 
ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga 
yo’naltirilgan ta’limdir. 
Tayanch kompetensiyalar: 
1.Kommunikativ kompetensiya 
-jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni 
mukkamal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish 
-O’z fikrini o’gzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan 
kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish ; 
-Ijtimoiy moslashuvchanlik ,o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal 
qilish,jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; 
-turli 
ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish,muomma va 
kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo’lgan qarorlarni qabul qila olish. 
2)Axborot bilan ishlash kompetensiyasi 
-mavjud 
axborot 
manbalaridan 
(internet,kompyuter,televizor,telefon 
va 
boshqalar)foydalana olish; 
-media vositalaridan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish,saralash,qayta 
ishlash, uzatish, saqlash,xafsizligini ta’minlash va foydalanishda media 
– madaniyatiga rioya qilish; 
-ma’lumotlar bazasini yarata olish,asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila 
bilish; 
-kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish. 
3)Shaxs sifatida o’z-ozini rivojlantirish kompetensiya 
-shaxs sifatida doimiy ravishta o’z-o’zini rivojlantirish,jismoniy,ma’naviy,ruhiy 
va intelektual kamolatga intilish;


-hayot davomida o’qib o’rganish,bilim tajribani mustaqil ravishda muntazam 
oshirib boorish;
-o’z xatti harakatini advokat baholash, o’zini nazorat qila bilish, halollik,to’g’rilik 
kabi sifatlarga ega bo’lish; 
-o’qib o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda
uchraydigan muammolarini hal eta olish 
4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va 
ishtirok etish 
-o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi,unga rioya qilish; 
-mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala,iqtisodiy,huquqiy madaniyatga 
ega bo’lish
-kasbiy mavqeyining o’sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun 
xizmat qilish,yordamga muhtojlarga saxovatli bo’lish. 
5)Umummadaniy kompetensiyalar 
- vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish; 
-badiiy va san’at asarlarini tushunish,ta’sirlana olish; 
-Orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog’lom turmush tarziga 
amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi 
6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda 
poydalanish kompetenciyasi 
- aniq xisob kitoblarga asoslangan xolda shaxsiy,oilabiy,kasbiy va iqtisodiy 
rejalarni tuza olish,kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma modellarni o’qiy 
olish,inson mehnatini yengillashtiridigan,mehnat unimdorligini oshiridigan,qulay 
shart-sharoitga olib keladigan,fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish 
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.mazkur kompetenciyalar umumta’lim 
fanlari orqoli o’quvchilarda shakllantiriladi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling