Kompleks sonlar
O`zini-o`zi rivojlantirish, o`z ustida ishlash kompetentligi ko`rsatkichlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
kompleks sonlar mavzusi misolida nomatematik yonalishlardagi bakalavriat talabalarini oqitishda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentsiyasi
- II-BOB. NOMATEMATIK YUNALISHLAR BAKALAVRIAT TALABALARIDA MATEMATIKANI O’QITISH JARAYONIDA KOMPETENCIYANING SHAKLLANISHI
O`zini-o`zi rivojlantirish, o`z ustida ishlash kompetentligi ko`rsatkichlari:
- zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish; - matematika fani nazariyasi va uni o`qitish metodikasi yutuqlari, matematika fanining texnika va ishlab chiqarishga qo`llanishi bo`yicha tadqiqotlardan xabardor bo`lish. Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentsiyasi: - ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o`zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish; - ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni ma’lumotlar beriladi. qabul qila olish, ularni egallash va o`z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish usullaridan foydalanish nazarda tutiladi. II-BOB. NOMATEMATIK YUNALISHLAR BAKALAVRIAT TALABALARIDA MATEMATIKANI O’QITISH JARAYONIDA KOMPETENCIYANING SHAKLLANISHI §2.1. Nomatematik ta’lim yunalishlarida matematika o’qitilishining ahamiyati Hozirgi butun xalq xo’jaligi va ijtimoiy hayotni qayta qurish davri texnikaning eng takomillashgan vositalari talab etadi. Bunga esa faqat fan bilan ishlab chiqarishning mustahkamo’zaro hamkorligi asosidagina erishish mumkin.Xususan,texnika taraqqiyoti matematik olimlarimiz oldiga nazariy jihatdan ishlanib chiqilishi zarur bo’lgan bir qator masalarni qo’yadi.bu masalalarning hal etilishi o’z navbatida matematika faninig faning rivojlanishiga,yangi muoffaqiyatlarga erishishga sabab bo’ladi. Texnika va fanning hamkorlikda bunday jadal rivojlanishi yosh avlod- bo’lajak ishlab chiqarish kadrlari va ilm muxlislaridan fan yutuqlarini turmush talablariga ko’ra foydalana olish darajasida o’zlashtirishni talab etadi. Ma’lumki oliy o’quv yirtlarida matematika o’qitilishdan kutilgan maqsad talabalarni matematikaning asosiy apparatlari bilan hamda nazariy va amaliy masalalarni echish uchun zarur bo’lgan matematikaning elementlari bilan tanishtirishdan,yangiliklarni mustaqil o’rganib,uning tadbiqlarini o’zlashtira bilishga o’rgatishdan,talabalarning mantiqiy fikrlash qobilyatini o’stirishdan,matematik izlanishlariga va muhandislik masalarini matematik tilga ko’shirishdan iborat. Bu maqsadlarga muoffaqiyatli erishish uchun kurash-intilish o’z navbatida matematikani o’qitishni takomillashtirish masalasini keltirib shiqadi. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlarni tayorlash milliy da’sturi”ga binoan oliy ta’limning ta’limning maqsadi hozirgi davr talablariga javob beradigan, ilimiy-texnik,iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy rivojlanishni ta’minlay oladigan va yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga egabo’lgan yuqori malakali,raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlashdir. Oliy ta’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - yuksak ko’rsatkishli matematik ta’limni ta’minlash va davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda hozirgi zamon ta’limiy va kasbiy dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlash; - jamiyat talablariga javob beradigan istiqboldagi taraqqiyotga,mamlakatning iqtisodiy va social taraqqiyotga, zamonaviy fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlariga asoslangan holda matematika o’qitishni tayyorlashni tashkil etish va uni muntazam takomillashtirish; - yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi,umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida,mustaqillik idealariga sadoqat,vatanga,oilaga,o’rab olgan tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash; - axloqiy ,madaniy va ilmiy qadriyatlarni saqlash hamda ularni boyitish; - shaxsning intellectual,madaniy va axloqiy rivojlanish talablarini qondirish; - o’quv jаrаyonigа yangi pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini, mаtеmаtikа tа’limining fаn vа ishlаb chiqаrish bilаn intеgrаsiyalаshuvining jоriy mехаnizmlаrini kiritib bоrish; - fаn, tехnikа, tехnоlоgiya rаvnаqi, ilmiy pеdаgоgik kаdrlаr vа tа’lim оluvchilаrning ilmiy tаdqiqоtlаri sаmаrаdоrligi vа ijоdiy fаоliyatini o’stirish, оlingаn nаtijаlаrdаn tа’lim jаrаyonidа fоydаlаnish. ОTMdаgi o’quv jаrаyoni shаkllаrigа lеksiya, sеminаr, аmаliy mаshg’ulоtlаr, lаbоrаtоriya mаshg’ulоtlаri, o’quv аnjumаnlаri, mаslаhаtlаr, ekskursiya, ekspеdisiya, o’quv ishlаb chiqаrish pеdаgоgik аmаliyoti, kurs vа diplоm ishlаri, tаlаbаlаrning mustаqil tа’limi kirаdi. Lеksiya – u yoki bu ilmiy mаsаlаni to’g’ri, mаntiqiy izchillikdа vа аniq izоhlаb bеrish. Lеksiya o’qituvchi shахsining bаrchа bоyligi: оngi, hissiyoti, irоdаsi, tuyg’usi, e’tiqоdi оrqаli tаlаbаlаr ichki dunyosi bilаn mulоqоtdа bo’lishining eng sаmаrаli, jоnli shаklidir. Bundа o’qitishning yo’nаltiruv, ахbоrоt bеrish, mеtоdоlоgik vа tаrbiyalоv funksiyalаrini ro’yobgа chiqаrishgа yordаm bеrаdi. Lеksiyadа hаl qilinаdigаn аsоsiy vаzifаlаr quyidаgilаrdаn ibоrаt: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling