Kompozitsiya tushunchasi haqida
Bir tomonlama statsionar molbert. ( - rasm)
Download 143.76 Kb.
|
КМПОЗ
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quvchilar molberti ( - rasm).
Bir tomonlama statsionar molbert. ( - rasm).
Bu molbert ustaxonada ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, u ignabargli yog`ochdan yasaladi. Molbert kartinani hoxlagancha baland pastga tushirib ishlashga mo`ljallangan. Molbertda balandligi 2,5 metrgacha bo`lgan kartina ustida ishlash mumkin. Molbertning gabaritlari: ukning uzunligi–1700 mm, molbertning eni–580 mm. O`quvchilar molberti ( - rasm). Bu molbert rasm chizish uchun mo`ljallangan bo`lib, uni old tomoni enli faneradan yasalgan, orkadan esa buklanadigan oyoklardan iborat. Qiyaligini kerakligicha chiqarish mumkin. O`lchami 600x590mm, balandligi 1150 mm. Tashqarida ishlash uchun mo`ljallangan molbert. ( - rasm). Bu molbertdan plener sharoitida rasm chizish uchun foydalaniladi. Molbert dyuralyuminiy trubalardan tayyorlanadi. U o`zining mustahkamligi va yengilligi bilan ajralib turadi. Molbertning balandligi 1500 mm, og`irligi 2 kg. ++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++ Etyudniklar Etyudnik bu rassomning bo`yoq , mo`yqalam va boshqa buyumlarini solib qo`yuvchi quti hisoblanadi. Oddiy etyudnik – ( - rasm). Bu qopkoqli uncha chuqur bo`lmagan qo`ti. Qo`tining ichida bir necha bo`laklarga bo`lingan bo`lib, unda bo`yoq , mo`yqalam va boshqa asboblar saqlanadi. Ichida palitra ham saqlanadi. Etyudniklarning bir necha turlari mavjud:
Moybo`yoqda xolst va kartonga etyud ishlash uchun mo`ljallangan etyudnik. Unda moy uchun idish, moy soladigan idish, palitra va ikkita qo`shimcha fanera mavjud. Etyudnikning o`lchami 205x155x47 mm. Massasi – 1,2 kg. O`lchami 228x188x77 mm va massasi 2 kg bo`lgan etyudnik. Portativ etyudnik. Yuqoridagidek jihozlangan. O`lchami 240x165x57 mm, massa – 1,3 kg. Akvarel uchun etyudnik. To`rtta vannacha, suv uchun idish, kog`oz uchun ramka. O`lchami 425x305x53 mm, massa – 2 kg. Oyoqchali etyudnik, o`lchami 502x377x76 mm, massasi 5,5 kg. Palitralar Palitralar moybo`yoq, akvarel va temperada ishlash uchun mo`ljallangan bo`ladi. Palitralar yog`ochdan, metall, fayans va plastmassadan yasaladi. Palitra qulay va yengil bo`lishi kerak. Katta palitralarning ung tomondagi pastki bo`r chagiga muvozanatni saqlab turishi uchun qo`rg`oshin plastinka kistiriladi. Bunday palitrada ishlaganda qo`l charchamaydi, barmoqlar kesilmaydi va qo`lda yaxshi turadi. Yog`och palitralar mustahkam, yengil va yaxshi quritilgan (yongoq, noq) yog`ochdan yasaladi. Yog`och palitralar issiq olif yoki lak bilan yaxshi tuydirilgan palitralar moybo`yoqni moyini surib ketmay, sifatini yaxshi saqlab turadi. Shakliga ko`ra palitralar ovalsimon ( - rasm), kvadrat, to`g`ri burchakli va figurali bo`ladi. Ishlash jarayonida bo`yoqlar palitraning ustki qismiga qo`yiladi. Palitraning qolgan qismida bo`yoqlar aralashtiriladi. Bo`yoqlar aralashmasi palitraning markazida tayyorlanadi. Lekin bunda issiq va sovuq tusli ranglar uchun bo`lak joy tanlash lozim. Ishlatib bo`lingandan so`ng palitra tozalanib qo`yilishi kerak. Palitra shpatel bilan tozalanib, latta bilan artiladi. Qotib qolgan bo`yoqlarni ehtiyotkorlik bilan palitrani qirmasdan tozalash kerak. Agarda qotib qolgan bo`yoqni pichoq yoki shpatel bilan tozalash qiyin bo`lsa, bo`yoqlarni qizdirib eritish kerak. Buning uchun palitraga kerosin yoki №2 Razbavitel shimdirilgan qog`ozni qo`yib yoqiladi. Qizdirilgan bo`yoq erib, oson tozalanadi. Shuningdek palitralar oq shisha va polietilendan ham tayyorlanadi. Palitralar quyidagicha o`lchamda bo`ladi. (sm-da):
Download 143.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling