Kompyuter falsafasi


-reja. Kiberterrorizm va kiberxavsizlik


Download 1.16 Mb.
bet138/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

5-reja. Kiberterrorizm va kiberxavsizlik
Bir qarashda axborotlar dunyosidagi aloqa tizimi bo‘lgan internetning bilish falsafasiga tegishli tomoni yo‘qqa o‘xshab tuyuladi. Ammo aynan ana shu tizim insoniyat hayoti va aloqalari tuzilmasida katta inqilobiy o‘zgarishga olib keldiki, hozircha mutaxassislar asosan uning axborot almashuv funksiyasiga ko‘proq e’tibor bermoqdalar. Faqat keyingi yillardagina internet tarmog‘i nihoyatda tezlik bilan tarqalayotgan g‘oyalar oqimi ekanligi, uning ta’siri bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilmoqda.
Bu yangi texnologiyadan insoniyat jamiyati taraqqiyotini jadallashtirish emas, balki uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish maqsadida foydalanish holatlari ham mavjud. Bunga kiberterrorizm yaqqol misol bo‘la oladi. Kiberterrorizm (kiber urush) -kompyuter va internet tizimlariga hujum ma’nosini anglatadi. Bu hodisa 1990 yildarda birinchi marta sodir etilgan. Uning maqsadi - muayyan hujjatlar biron-bir kompyuterda saqlanganligini hisobga olib, uning faoliyatida uzilish hosil qilish bo‘lsa, ikkinchidan, muhim axborotlarni yo‘qotish hisoblanadi. Masalan, 1997 yil avgustida kiber guruhlar Shri-Lanka davlatining «Qora sherli internet» nomli elektr pochtasiga hujum qilganlar, 1998 yil may oyida xakkerlar hindlarning yadroni sinab ko‘rishiga qarshilik qilib, Badqa shahridagi Hind atom tadqiqotlari markazining kompyuteridagi qayd daftarchasini hamda elektron pochtasini yo‘q qilishgan. 2003 yilda birgina Kanada davlatida turli mahkama va tashkilotlarning kompyuter zahirasiga 442 ta ana shunday xurujlar bo‘lgan. Ko‘p hollarda bunday xatti-harakatlar banklarga qaratilgan bo‘lib, ba’zida xakkerlar mo‘maygina pul ishlab olgan hollar ham sodir bo‘lmokda.
Shuningdek, kiberterroristlar o‘zlarining ba’zi buzgunchi g‘oya, maqsad va vazifalarini tarqatishda internetdan ham foydalanishmokda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatilgan axborotdaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan buzg‘unchi goyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan «virus»larni tarqatish bunga misol bo‘ladi.
Ana shu sababdan ham butungi kunda mamlakatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash, xalqimizning barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar qalbi, ongida bunyodkor g‘oyalarga ishonch va e’tiqod tuig‘usini shakllantirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, aholining ma’naviy kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla va ommaviy axborot vositalarnning faoliyatini uyg‘unlashtirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Kiberxavfsizlik hozirda kirib kelgan yangi tushunchalardan biri bo‘lib, unga turli berilgan turli ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force (CSEC2017 JTF) kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: kiberxavfsizlik – hisoblashga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan jaroitda amallarni kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonni mujassamlashtirgan. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlil qilish va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jixatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq bo‘yicha faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizimlarni, tarmoqlarni va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni ; yoki normal ish faoliyatini uzub qo‘yishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar sonining ko‘pligi va buzg‘unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda.
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfrem kompyuterlar ishlab chiqarilgandan boshlab paydo bo‘la boshlagan. Bunda mazkur qurilmalarni va ular xizmat qilgan missiyalarni himoyasi uchun ko‘p qatlamli xavfsizlik amalga oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini ortishi natijasida kompleks va texnologik tomondan murakkab bo‘lgan ishonchli xavfsizlik paydo bo‘ldi.
Kiberxavfsizlik bilim sohalari quyidagilar

  1. “Ma’lumotlar xavfsizligi” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlashda, qayta ishlashda va uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. – Mazkur bilim sohasi himoyani to‘liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalanishni talab etadi. – Ma’lumot saqlangan, yuzatilish va ishlov berish holatlarida bo‘lishi mumkin.

  2. “Dasturiy ta’minotlar xavfsizligi” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va foydalanish jarayoniga e’tibor qaratadi.

  3. “Tashkil etuvchilar xavfsizligi” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan tashkil etuvchilarni loyihalash, sotib olish, testlash, analiz qilish va texnik xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratadi.

– Tizim xavfsizligi tashkil etuvchilar xavfsizligidan farq qiladi.
– Tashkil etuvchilar xavfsizligi ular qanday loyihalanganligi, yaratilganligi, sotib olinganligi, boshqa tarkibiy qismlarga ulanganligi, qanday ishlatilganligi va saqlanganligiga bog‘liq.

  1. “Aloqa xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar o‘rtasidagi aloqani himoyalashga etibor qaratib, o‘zida fizik va mantiqiy ulanishni birlashtiradi.

  2. “Tizim xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy ta’minotdan iborat bo‘lgan tizim xavfsizligining aspektlariga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ulanishini tushunishni, balki butunlikni hisobga olishni talab qiladi.

  3. “Inson xavfsizligi” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog‘liq inson hatti harakatlarini o‘rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot sharoitida shaxsiy ma’lumotlarni va shaxsiy hayotni himoya qilishga e’tibor qaratadi.

  4. “Tashkilot xavfsizligi” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.

  5. “Jamoat xavfsizligi” bilim sohasi u yoki bu darajada jamiyatda ta’sir ko‘rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik, qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir -biri bilan munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchala.

Kompyuter xavsizligini keltirib chiqaradigan muammolar quyidagilar:

  • Ko‘plab bag mavjud dasturlar (va ishonuvchan foydalanuvchlar)

  • Sotsial injineriya (maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda xodimlardan foydalanish)

  • Boshqa tizimlar orqali buzib kirish

  • Fizik nazoratlash

  • Motivasiyalar; Harbiy, Terrorizm, Foyda (masalan, pul, imtiyoz va hak.

Symantec’s Internet Security Threat Report 2018 ma’lumotiga ko‘ra 2017 yilda yangi mobayl zararli dasturiy vositalarning ko‘rinishi 57% ga ortgan va bu jarayon yildan yilga ko‘payib bormoqda. “Harris Poll” ma’lumotiga ko‘ra 60 mln Amerikalik shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlatgan. AQSh hukumati kiber xavfsizlik uchun 2019 yil uchun 15 mlrd $ mablag‘ajratgan. Kiber jinoyatchilikda pul ishlab topish (coin mining) o‘sib boruvchi sohaga aylandi. Xususan, ushbu ko‘rsatkich 2017 yilga qaraganda 2018 yilda 34 mingga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Dunyo buyicha kiberjinoyatchilikka uchragan davlatlar statistikasiga qaraydigan bo‘lsak AQSh kiber jinoyatchilikka uchragan eng katta davlat hisoblanadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling