Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari


Download 1.2 Mb.
bet3/23
Sana01.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1318697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
adham kom grafl

Rastrli grafikaning ikki asosiy kamchiligi ma’lum: a) berilganlar massivining hajmini kattaligi va ularni qayta ishlash hamda saqlashning zaruriyligi; b) sifatini buzmasdan tasvirning masshtablashtirishning mumkin emasligi. Vektorli grafika. Ushbu ikki kamchilikni yo‘qotadi, lekin tasviriy polotnolarni yaratish jarayoni juda murakkabdir. Amaliyotda vektor grafikasi vositalarini bezatish, chizmachilik va loyihalash - konstruktorlik ishlarida qo‘llaniladi. Vektorli grafikada har qanday murakkab ob’ektni tasvirlash va uni xotirada saqlash uchun operativ xotiraning 20-30 baytli maydoni etarli hisoblanadi. Vektorli grafikada masshtablash masalalari engil hal qilinadi. Masalan, agar chiziqning qalinligi, aytaylik, 0,15 mm bo‘lsa, rasmni qanchalik kattalashtirmaylik yoki kichiklashtirmaylik, chiziq qalinligi o‘zgarishsiz qoladi. Bu xususiyat vektor grafikasining ajoyib xususiyatidir. Fraktal grafika, vektor grafikasiga o‘xshab hisoblanadigan grafikadir, lekin undan farqi shundaki, hech qanday ob’ekt kompyuterning xotirasida saqlanmaydi. Tasvir tenglamalar asosida quriladi, shu sababli tenglama koeffitsienti qiymati doimo o‘zgarib turadi. O‘zgargan koeffitsientlar asosida mutlaqo boshqa tasvir hosil bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanish sohasiga ko‘ra kompyuter grafikasi quyidagi turlarga bo‘linadi:
tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy, ko‘rgazmaliy, animatsion.

1.2. KOMPYUTER GRAFIKASIDA RANGLARNING SXEMALARI.
Rang palitrasi. Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi. Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil, yashil, ko‘k) kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun vositadir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling