Kompyuter injineringi
Download 0.56 Mb.
|
INF 1-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY
- Jalolov Shaxzodning Infokommunikatsiya tizimlari elektr ta’minoti faniddan
- Elektr taʼminoti
- “Energetika boshqaruv tizimlari. Talablar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”
- ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISH TO’G’RISIDAgi qoidlar to’plami : Toshkent -2018 Internet manzillari
VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI III-BOSQICH KI-12-18 GURUH TALABASI Jalolov Shaxzodning Infokommunikatsiya tizimlari elektr ta’minoti faniddan 2- MUSTAQIL ISHI MAVZU : Infokommunikatsiya tizimlarida elektr energiya iste'molini boshqarish, hisobga olish va nazorat qilish kurilma va usullari bilan tanishish KIRISH
ASOSIY QISM Reja:
1 Elektr energiya ta’minoti 2 Elektr energiya istemolini boshqarish 3 Nazorat qilish usullari XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Elektr energiyasini elektr manbaidan isteʼmolchilariga uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan qurilmalar majmui. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan Elektr tarmogʻi elektr st-yalar bilan isteʼmolchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bogʻlaydi, hududiy jihatdan tarqoq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usudda taʼminlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlanmaydigan Elektr tarmogʻilari ham boʻladi. Qanday maqsadlarga moʻljallanganligiga qarab, ular taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, yaʼni elektr energiyasini kichik elektr st-yalardan shahar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar isteʼmolchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi boʻyicha ikki guruhga, yaʼni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori boʻlgan tarmoqlarga boʻlinishi mumkin. Bundan tashqari, tok turiga qarab, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻiga, foydalanilishiga koʻra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi boʻyicha halqali va radial; ishlash rejimi boʻyicha ochiq va berk xillarga boʻlinadi. Elektr tarmogʻi tarkibiga YEOr tokni oʻzgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr st-yalari kiradi. Oʻzgaruvchan tok Elektr tarmogʻilari kengtarqalgan. Oʻzbekistonda bunday Elektr tarmogʻilari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 229, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. Oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻilari, asosan, shaharlar, qisman temir yoʻl elektr transporti va baʼzi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan. Elektr tarmogʻi lar kichik quvvatli isteʼmolchilar (uyroʻzgʻor yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha boʻlgan Elektr tarmogʻilar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori boʻlgan Elektr tarmogʻilardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. gelioenergetika st-yalari (qarang Geliotexnsha) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi. Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891 yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10- yillarida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30- yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan. Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxonalari va shaharlarni ham energiya, ham issiqdik bilan taʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi. Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta’minoti tarmoqlari va manbalaming eng oqilona ish rejimini ta’minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga ega. Energiya ta’minoti tashkilotlari mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar bo‘yicha o‘z tarmoqlariga qabul qilib olishni taminlashlari shart. Energiyadan oqilona foydalanish soahasidagi loyihalar va dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilami ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar. Qurilishiga ketgan kapital mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta’minlashi lozim. Energetika resurslaridan samarali foydalanilishini rag‘batlantirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadigan tartibda neft mahsulotlari, qozon-pech yoqilgisi uchun mavsumiy narxlar hamda elektr va issiqlik energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek, elektr energiyasi uchun sutkaning turli vaqtlari bo‘yicha tabaqalashtiri -Igan tariflar joriy etiladi. 21-modda. Energiyadan nooqilona Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishdir . izmatlarga aylantirish. oidalar tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektlariga, elektr energetikasi sub'yektlariga va energiya qabul qiluvchi qurilmalari mavjud bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilariga taalluqli ekani aytiladi.
tizim operatori; elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; magistral elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor-dispetcherlik xizmatlari; elektr tarmoqlari xo‘jaligi obektlari magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilayotgan yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor-dispetcherlik xizmatlari; ko‘p energiya sarflaydigan uskunalardan foydalanadigan yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik doirasida faoliyat yuritayotgan xorijiy yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari. Yagona elektr energetikasi tizimi doirasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv bitta tezkor-dispetcherlik sub'yekti tomonidan amalga oshiriladi.
yagona elektr energetikasi tizimi doirasida - tizim operatori; elektr energetikasi obektlari doirasida - ushbu obektlarning tezkor-dispetcherlik sub'yektlari tomonidan amalga oshiriladi. Yagona elektr energetikasi tizimida va tegishli elektr energetikasi obektlarida tezkor-dispetcherlik boshqaruv, jamlanganda yagona elektr energetikasi tizimining elektr energetikasi rejimini tashkil etadigan elektr energetikasi obektlari va elektr energiyasi iste'molchilarining energiya qabul qiluvchi qurilmalarining ekspluatatsion holati va o‘zaro bog‘liq texnologik ishlash rejimi ustidan markazlashgan holda kechayu-kunduz va uzluksiz boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tezkor-dispetcherlik boshqaruv doirasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, unga elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan yuklangan funksiyalarni amalga oshiradi. Elektr energetikasi obektining tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, mustaqil ravishda, tizim operatorining ishtirokisiz, tegishli obektda tezkor-dispetcherlik boshqaruvni ushbu Qoidalarga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti o‘zining dispetcherlik javobgarligi hududida tezkor-dispetcherlik boshqaruvni amalga oshirish bo‘yicha funksiyalarini, har biriga tegishli operatsion hudud biriktirilgan bir yoki bir nechta dispetcherlik markazlari orqali amalga oshiradi. Dispetcherlik markazlari, ular tarkibiy qismi bo‘lgan tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan faoliyat yuritadilar. Bitta dispetcherlik markazining operatsion hududi bir nechta viloyatlar hududlarini qamrab olgan bo‘lishi mumkin. Agar elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti faqat bitta dispetcherlik markaziga ega bo‘lsa, unga biriktirilgan operatsion hudud tegishli elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektining dispetcherlik javobgarligi hududiga mos kelishi kerak. Elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti: o‘zining dispetcherlik javobgarligi hududida dispetcherlik markazlarining tuzilmasini, shu jumladan ularning darajasini va birgalikda bo‘ysunishini belgilaydi; dispetcherlik markazlari o‘rtasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv funksiyalarini taqsimlaydi va ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish bo‘yicha o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi. Dispetcherlik markazlari tegishli quyi va qo‘shni dispetcherlik markazlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan dispetcherlik komandalari va farmoyishlarini berishga haqlidir. Yagona elektr energetikasi tizimi yoki elektr energetikasining tegishli obekti elektr energetika rejimini boshqarish jarayonida, har bir dispetcherlik markazida, elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan tezkor-dispetcherlik boshqaruv amalga oshirilayotganda, bajarilishi majburiy bo‘lgan dispetcherlik komandalari va ruxsatnomalarini berish, masofadan boshqarish vositalaridan foydalangan xolda boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarning texnologik rejimi va ekspluatatsion holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etish vakolatiga ega bo‘lgan uning xodimlari (dispetcherlik xodimlari, dispetcherlar) belgilanadi. Dispetcherlar, dispetcherlik komandalari va ruxsatnomalarini dispetcherlik markazi nomidan beradilar. Har bir dispetcherlik markazida, elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv amalga oshirilayotganda dispetcherlik farmoyishlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar belgilanadi. Elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektining har bir dispetcherlik markazi, u dispetcherlik boshqaruv yoki dispetcherlik yurituv amalga oshirayotgan elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari uskunalari, elektr stansiyalar uskunalari, releli himoya va avtomatika qurilmalari, aloqa kanallari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari, tezkor-axborot komplekslari, texnologik ishlash rejimi va ekspluatatsion holati dispetcherlik markazining operatsion hududida energetika tizimining elektr energetikasi rejimiga ta'sir etadigan yoki ta'sir etishi mumkin bo‘lgan, yuqorida keltirilgan elektr energetikasi obektlarida (shu jumladan, elektr energiyasi iste'molchilariga tegishli elektr energetikasi obektlarida) joylashgan boshqa uskunalarni aniqlaydi va ularni boshqarish (yuritish) usuli bo‘yicha taqsimlagan holda, dispetcherlik markazining boshqaruvi markazlashtirilgan obektlari ro‘yxatiga kiritadi. Dispetcherlik markazi, shuningdek, avariyani oldini olish yoki rejim avtomatikasining boshqaruv ta'sirlari hajmi o‘zgarishining kattaligini, uskunalarning elektr toki chastotasini boshqaruvida ishtirok etishga tayyorligini, mavjud quvvatning o‘zgarishi va generatsiya qiluvchi uskunaning aktiv quvvat bo‘yicha rostlash oralig‘i kattaligini, maksimal quvvati 5 MVt yoki undan ortiq bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilarining energiya qabul qiluvchi uskunalari iste'mol yuklamasi o‘zgarishini va ushbu dispetcherlik markazining operatsion hududidagi elektr energetikasi qurilmalarining texnologik rejimining boshqa parametrlarini boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarga kiritadi. Shamol va quyosh elektr stansiyalarining energetik uskunalariga nisbatan qo‘llanilganda, boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarga yagona elektr energetikasi tizimi tarkibida o‘zgarmas tokning bitta o‘zgartiruvchisi orqali yoki kuchlanishi 10 kV va undan yuqori bo‘lgan bitta taqsimlash qurilmasiga ishlayotgan shamol energetikasi qurilmalari va quyosh fotoelektrik modullari guruhlari, shuningdek yagona elektr energetikasi tizimi tarkibida alohida faoliyat ko‘rsatayotgan, o‘rnatilgan generatsiya qiluvchi quvvati 5 MVt va undan ortiq bo‘lgan shamol energetikasi qurilmalari va quyosh fotoelektrik modullari kiradi. Elektr energetikasi obektlarining elektr uzatish liniyalari, asbob-uskunalari va qurilmalarini, dispetcherlik markazining operatsion hududidagi uskunalarning texnologik ishlash rejimining alohida parametrlarini boshqaruvi markazlashgan obektlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, ular boshqarish usuli bo‘yicha taqsimlangan xolda tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti tomonidan, yozma ravishda, tegishli elektr energetikasi sub'yektlari va elektr energiyasi iste'molchilariga yetkaziladi. Tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, dispetcherlik markazlari tomonidan boshqarish (yuritish) usuli bo‘yicha taqsimlangan boshqaruvi markazlashgan obektlar ro‘yxati tuzilishini tashkil etadi. Dispetcherlik markazining operatsion hududidagi yagona elektr energetikasi tizimining elektr energetikasi rejimiga ta'sir qiluvchi va boshqa dispetcherlik markazining operatsion hududida joylashgan boshqaruvi markazlashgan obekt, ko‘rsatilgan dispetcherlik markazlarini har birining boshqaruvi markazlashgan obektlari ro‘yxatiga kiritilishi lozim. Ma'lumki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlarga erishishda energiya ta'minoti asosiy omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘sishi va tabiiy ijobiy demografik tendensiyalar, o‘z navbatida energetika resurslaridan yanada ko‘proq foydalanishni talab etmoqda. Bunda energiyadan oqilona foydalanish, energiya ta'minoti barqarorligini va energetik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasining konferensiyalar zalida ISO 50001 “Energetika boshqaruv tizimlari. Talablar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” standartini joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Musaffo rivojlanish bo‘yicha koreya maqsadli fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlaridan 40 dan ortiq vakillar (Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “ETMK” AJ, O‘zdavenergonazorat, O‘zdavneftgazinspeksiya, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zavtosanoat” AK, “O‘zbekengilsanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ, NTMK, OTMK, “O‘zmetkombinat” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Kvars” AJ, “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ, TDTU va boshqalar) hamda Koreyaning “Eksimbank” banki, Yaponiyaning Djayka agentligi, Islom taraqqiyot banki, Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi kabi xalqaro moliya institutlari va banklar xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar energetika boshqaruv tizimlarini joriy qilish bo‘yicha davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat, Jahon bankining O‘zbekistondagi 4 ta korxonada, jumladan “Bekobodsement” AJda ISO 50001 standartini joriy qilish bo‘yicha tajriba loyihasining yakuniy ma'lumotlari bilan tanishtirildilar. Shuningdek, ushbu standartni joriy qilishda qator muammolar, jumladan xodimlar malakasi, texnik jihozlanganlik, korxona rahbariyatining hamda jamoasining energiya samaradorligini oshirishga moyilligi kabi masalalar muhokama qilindi. “Bekobodsement” AJ vakillari qatnashchilarni ushbu standartni joriy qilish jarayoni, joriy qilingandan keyingi natijalar va olingan ko‘nikmalar bilan batafsil tanishtirdilar. Ta'kidlanishicha, ushbu energetika boshqaruv tizimlarini joriy qilish hisobiga (joriy qilish xarajatlari - 389,4 mln.so‘m) korxona 10 oy davomida 2,6 mln.kVt.s elektr energiyasi va 1,9 mln.kub.m tabiiy gazni tejashga erishgan, jami iqtisod qilingan energiya resurslarining puldagi ifodasi 1,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Xalqaro ekspertlar Xitoy va AQSH davlatlarida ISO 50001 standartini joriy qilish jarayonida olingan bilim va tajribalar bilan ham o‘rtoqlashdilar. Ta'kidlandiki, O`zDSt ISO 50001 “Energetika boshqaruv tizimlari. Talablar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” milliy standarti 2015 yil 1 iyunda kuchga kirgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida respublikamizning 20 dan ortiq korxonalarida muvafaqqiyatli joriy qilindi. Iqtisodiyot vazirligi vakillari yaqin istiqbolda ushbu standart yana 50 ta korxonada joriy qilinishini qayd etishdi. Mamlakatimizning elektr energetika sohasida dispetcherlik nazorati va ma'lumotlarni yig'ish tizimi (SCADA) hamda energiya boshqaruvi tizimi (EMS) joriy qilinadi. Loyiha maqsadining – 2020-2024 yillarda elektr energiyasi sohasi boshqaruvi uchun zamonaviy avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini yaratishdan iborat. Umumiy qiymati 90 million AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur investitsion loyiha Jahon banki mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi va xalqaro tender tanlovlari orqali tanlab olingan EDF-CIST (Électricité de France – Fransiya) kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ta'kidlash joiz, elektr energetika sohasini takomillashtirish Prezidentning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori hamda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” dasturi doirasida ishlab chiqilgan “Raqamli O'zbekiston - 2030” dasturi loyihasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Оценить:
Qoidalar tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektlariga, elektr energetikasi sub'yektlariga va energiya qabul qiluvchi qurilmalari mavjud bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilariga taalluqli ekani aytiladi. Tezkor dispetcherlik boshqaruv sub'yektlariga quyidagilar tegishli: tizim operatori; elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; magistral elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor-dispetcherlik xizmatlari; elektr tarmoqlari xo‘jaligi obektlari magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilayotgan yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor-dispetcherlik xizmatlari; ko‘p energiya sarflaydigan uskunalardan foydalanadigan yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari; tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik doirasida faoliyat yuritayotgan xorijiy yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari. Yagona elektr energetikasi tizimi doirasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv bitta tezkor-dispetcherlik sub'yekti tomonidan amalga oshiriladi.
yagona elektr energetikasi tizimi doirasida - tizim operatori; elektr energetikasi obektlari doirasida - ushbu obektlarning tezkor-dispetcherlik sub'yektlari tomonidan amalga oshiriladi. Yagona elektr energetikasi tizimida va tegishli elektr energetikasi obektlarida tezkor-dispetcherlik boshqaruv, jamlanganda yagona elektr energetikasi tizimining elektr energetikasi rejimini tashkil etadigan elektr energetikasi obektlari va elektr energiyasi iste'molchilarining energiya qabul qiluvchi qurilmalarining ekspluatatsion holati va o‘zaro bog‘liq texnologik ishlash rejimi ustidan markazlashgan holda kechayu-kunduz va uzluksiz boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tezkor-dispetcherlik boshqaruv doirasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, unga elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan yuklangan funksiyalarni amalga oshiradi. Elektr energetikasi obektining tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, mustaqil ravishda, tizim operatorining ishtirokisiz, tegishli obektda tezkor-dispetcherlik boshqaruvni ushbu Qoidalarga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti o‘zining dispetcherlik javobgarligi hududida tezkor-dispetcherlik boshqaruvni amalga oshirish bo‘yicha funksiyalarini, har biriga tegishli operatsion hudud biriktirilgan bir yoki bir nechta dispetcherlik markazlari orqali amalga oshiradi. Dispetcherlik markazlari, ular tarkibiy qismi bo‘lgan tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan faoliyat yuritadilar. Bitta dispetcherlik markazining operatsion hududi bir nechta viloyatlar hududlarini qamrab olgan bo‘lishi mumkin. Agar elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti faqat bitta dispetcherlik markaziga ega bo‘lsa, unga biriktirilgan operatsion hudud tegishli elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektining dispetcherlik javobgarligi hududiga mos kelishi kerak. Elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti: o‘zining dispetcherlik javobgarligi hududida dispetcherlik markazlarining tuzilmasini, shu jumladan ularning darajasini va birgalikda bo‘ysunishini belgilaydi; dispetcherlik markazlari o‘rtasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv funksiyalarini taqsimlaydi va ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish bo‘yicha o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi. Dispetcherlik markazlari tegishli quyi va qo‘shni dispetcherlik markazlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan dispetcherlik komandalari va farmoyishlarini berishga haqlidir. Yagona elektr energetikasi tizimi yoki elektr energetikasining tegishli obekti elektr energetika rejimini boshqarish jarayonida, har bir dispetcherlik markazida, elektr energetikasida tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan tezkor-dispetcherlik boshqaruv amalga oshirilayotganda, bajarilishi majburiy bo‘lgan dispetcherlik komandalari va ruxsatnomalarini berish, masofadan boshqarish vositalaridan foydalangan xolda boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarning texnologik rejimi va ekspluatatsion holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etish vakolatiga ega bo‘lgan uning xodimlari (dispetcherlik xodimlari, dispetcherlar) belgilanadi. Dispetcherlar, dispetcherlik komandalari va ruxsatnomalarini dispetcherlik markazi nomidan beradilar. Har bir dispetcherlik markazida, elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti nomidan elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv amalga oshirilayotganda dispetcherlik farmoyishlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar belgilanadi. Elektr energetikada tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yektining har bir dispetcherlik markazi, u dispetcherlik boshqaruv yoki dispetcherlik yurituv amalga oshirayotgan elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari uskunalari, elektr stansiyalar uskunalari, releli himoya va avtomatika qurilmalari, aloqa kanallari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari, tezkor-axborot komplekslari, texnologik ishlash rejimi va ekspluatatsion holati dispetcherlik markazining operatsion hududida energetika tizimining elektr energetikasi rejimiga ta'sir etadigan yoki ta'sir etishi mumkin bo‘lgan, yuqorida keltirilgan elektr energetikasi obektlarida (shu jumladan, elektr energiyasi iste'molchilariga tegishli elektr energetikasi obektlarida) joylashgan boshqa uskunalarni aniqlaydi va ularni boshqarish (yuritish) usuli bo‘yicha taqsimlagan holda, dispetcherlik markazining boshqaruvi markazlashtirilgan obektlari ro‘yxatiga kiritadi. Dispetcherlik markazi, shuningdek, avariyani oldini olish yoki rejim avtomatikasining boshqaruv ta'sirlari hajmi o‘zgarishining kattaligini, uskunalarning elektr toki chastotasini boshqaruvida ishtirok etishga tayyorligini, mavjud quvvatning o‘zgarishi va generatsiya qiluvchi uskunaning aktiv quvvat bo‘yicha rostlash oralig‘i kattaligini, maksimal quvvati 5 MVt yoki undan ortiq bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilarining energiya qabul qiluvchi uskunalari iste'mol yuklamasi o‘zgarishini va ushbu dispetcherlik markazining operatsion hududidagi elektr energetikasi qurilmalarining texnologik rejimining boshqa parametrlarini boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarga kiritadi. Shamol va quyosh elektr stansiyalarining energetik uskunalariga nisbatan qo‘llanilganda, boshqaruvi markazlashtirilgan obektlarga yagona elektr energetikasi tizimi tarkibida o‘zgarmas tokning bitta o‘zgartiruvchisi orqali yoki kuchlanishi 10 kV va undan yuqori bo‘lgan bitta taqsimlash qurilmasiga ishlayotgan shamol energetikasi qurilmalari va quyosh fotoelektrik modullari guruhlari, shuningdek yagona elektr energetikasi tizimi tarkibida alohida faoliyat ko‘rsatayotgan, o‘rnatilgan generatsiya qiluvchi quvvati 5 MVt va undan ortiq bo‘lgan shamol energetikasi qurilmalari va quyosh fotoelektrik modullari kiradi. Elektr energetikasi obektlarining elektr uzatish liniyalari, asbob-uskunalari va qurilmalarini, dispetcherlik markazining operatsion hududidagi uskunalarning texnologik ishlash rejimining alohida parametrlarini boshqaruvi markazlashgan obektlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, ular boshqarish usuli bo‘yicha taqsimlangan xolda tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti tomonidan, yozma ravishda, tegishli elektr energetikasi sub'yektlari va elektr energiyasi iste'molchilariga yetkaziladi. Tezkor-dispetcherlik boshqaruv sub'yekti, dispetcherlik markazlari tomonidan boshqarish (yuritish) usuli bo‘yicha taqsimlangan boshqaruvi markazlashgan obektlar ro‘yxati tuzilishini tashkil etadi. Dispetcherlik markazining operatsion hududidagi yagona elektr energetikasi tizimining elektr energetikasi rejimiga ta'sir qiluvchi va boshqa dispetcherlik markazining operatsion hududida joylashgan boshqaruvi markazlashgan obekt, ko‘rsatilgan dispetcherlik markazlarini har birining boshqaruvi markazlashgan obektlari ro‘yxatiga kiritilishi lozim. XULOSA: Shuni xulosa qilib aytish mumkinki istalgan turdagi elektrotexnik qurilmaning ishlash jarayon bevosita elektr energiyasi bilan bog’liq hisoblanadi . Elektr manbayi , energiyasi va tarmoqlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldik . Ayniqsa Stansiyalar haqidgi tushunchalar esa umumiy jarayonni anglashga to’liq imkon berdi . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Elektr tarmoq va tizimlari » Fanidan uslubiy qo’llanma. Muallif: t.f.n.dots.Shoymatov B.X. ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISH TO’G’RISIDAgi qoidlar to’plami : Toshkent -2018 Internet manzillari : ZiyoNet , Vikpida , Tarmoq .Uz Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling