Kompyuter injineringi
Download 193,2 Kb.
|
raqamli mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- U = RI; U
U = U1 + U2 + U3 + … Un . (2-formula)
Shunday qilib, ketma-ket ulangan zanjirdagi umumiy kuchlanish uning har bir qismidagi kuchlanishlar yig’indisiga teng. 3. Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligi. Tajribalardan quyidagilarni bilib oldik: a) ketma-ket ulangan zanjirning hamma qismlaridan o’tuvchi tok kuchi bir xil. (1-formula) b) ketma-ket ulangan zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlar yig’indisi butun zanjirdagi kuchlanishga teng. (2-formula) Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini topish uchun butun zanjirga va uning har bir qismiga Om qonunini qo’llaymiz: U = RI; U1 = R1I; U2 = R2I; U3 = R3I; … , Un = RnI. Kuchlanishlarning topilgan qiymatlarini (2) formulaga qo’yamiz: RI =R1I + R2I + R3I + … + RnI. Oxirgi munosabatni I ga qisqartirib: R = R1 + R2 + R3 + … + Rn. formulani hosil qilamiz, ya’ni ketma-ket ulanganda zanjirning qarshiligi unga ulangan iste’molchilar qarshiliklarining yig’indisiga teng. 4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi. Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin. 5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Ampermetr zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun mo’ljallangan va shuning uchun zanjirga tok kuchi o’lchanishi kerak bo’lgan qism bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetrning ulanishi zanjirdagi tok kuchini o’zgartirmasligi kerakligi mutlaqo ravshan. Bu hol ampermetrning qarshiligi juda kichik bo’lgandagina amalga oshadi. O`tkazgichning oxirini, ikkinchi o`tkazgichning boshiga ulansa, bunday ulashni ketma-ket ulash deyiladi. Misol: Archaga osilgan rangli lampochkalar marjonini olish mumkin. Quyida elektr zanjirini hohlagan o`quvchilar o`qituvchi yordamida yig`adilar. Ampermetrning ko`rsatishini yozib olinadi: J=0,2A ampermetrni ikkala lampochka o`rtasiga ulab. ampermet ko`rsatishi yozib olinadi: Endi, ampermetrni ikkala lampochkadan keyin ulanadi va ampermet ko`rsatishi yozib olinadi. Olingan natijalarga qarab qanday xulosaga kelamiz? O`quvchilar fikrlari eshitiladi. Ketme-ket ulashda barcha iste`molchilarda tok kuchi bir xil bo`lar ekan:
Download 193,2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling