Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Download 243.22 Kb.
bet5/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

5. BMI BAJARISH TARTIBI


BMI ni bajarish 6 pogʻonadan iborat boʻladi:

  • mavzuni tanlash;

  • adabiyotlarni toʻplash va oʻrganish;

  • ishni rejasini tuzish;

  • statistik ma’lumotlarni yigʻish va tahlil qilish;

  • BMI ni yozish;

  • BMI ni himoya qilish.

Talaba BMI mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan oʻrganishi, oʻzining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini taominlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega boʻlishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini oʻz mutaxassisiligi yoʻnalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega boʻladi.
Talabalar BMI mavzusini tanlagandan soʻng, mavzuga tegishli boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini tuzib chiqishi, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib oʻrganishlari kerak.
BMI ni bajarishda kafedra tomonidan tavsiya etilayotgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qoʻshimcha adabiyotlardan ham faydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Talaba BMI uchun qoʻshimcha adabiyotlarni internet saytlaridan topishi va olishi mumkin.
Shuningdek, talaba BMI mavzusiga tegishli boʻlgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishi lozim.
Toʻplangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar BMI mavzusini toʻliq yoritib berishga qaratilgan BMI rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida ishining mohiyatini yoritishlari zarur.
BMI rejasini oʻqituvchidan maslahat olgan holda tuzish maqsadga muvofiq. Reja – bu ishning asosi hisoblanadi. Uni toʻgʻri tuzilishi ishning saviyasi qay darajada ekanligini bildiradi. Ishning rejasi uni strukturasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib reja kirish qismidan, mavzuning mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 2-3 ta savollardan va xulosa va takliflar qismidan iborat boʻladi. BMI rejasi tuzilgandan soʻng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga asosiy qoidalarga e’tibor berish zarur:

  • ma’lumotlar absolyut koʻrsatkichlarga keltirishi kerak. Ular taqqoslanayotganda bir xil oʻlchamlarda boʻlishi shart;

  • texnik jarayonning mohiyatini ochib berish hamda aniqlangan tendentsiyani isbotlashda bitta raqam emas, balki bir nechta raqamlarni keltirish kerak;

  • koʻrgazma uchun raqam ma’lumotlarini jadval, diagramma hamda grafik koʻrinishida boʻlishi kerak.

BMI da ishlatilagan aniq materiallardagi raqamlar xajmi xaddan ziyod qoʻpayib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligini talaba yodda tutmogʻi darkor.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling