Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Download 243.22 Kb.
bet4/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

3. BITIRUV AMALIYOTI


Bitiruv amaliyoti nazariy tadqiqotlarni bevosita amaliy tadqiqotlar bilan bogʻlaydi. Aytib oʻtilgandek, u bitiruv ishini bajarish uchun materiallarni olishda, korxona faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqishda asosiy manba hisoblanadi.
Talablar:
Talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha talablari mavjud. Talabalar ushbu talablarga hamda amaliyot dasturiga qat’iy amal qilishlari shart. Talabalarning amaliyoti mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashda uchun oʻquv jarayoning asosiy qismi hisoblanadi.
Talabalar amaliyotini oʻtkazish maqsadi:

  1. Talabalarni nazariy hamda amaliy bilimlarini kengaytirish va mustaxkamlash.

  2. Tanlagan mutaxassisligi kelajakdagi ish oʻrni uchun korxonada amaliy ma’lumotlarni chuqurroq oʻrganish.

  3. Bitiruv ishi uchun tahlil materiallarini yigʻish va talqin qilish. Amaliyotga rahbarlik qilish kafedraning malakali professor-oʻqituvchilari hamda korxonalarning malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotini tashkil etishda va ularni bajarishda talabalar doimiy nazoratda boʻladilar.

Tavsiyalar:
1. Amaliyot davrida talaba yillik hamda boshqa hisobotlar, amaldagi metodik xujjatlar bilan tanishishi va korxona faoliyatini yaxshishlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqishi kerak.
Talaba amaliyot kundaligini yuritishi zarur. Kundalikka bitiruv ishini bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonini kuzatish natijalarini, sxemalar, jadvallar, iqtisodiy va boshqa materiallarni qayd etib borilishi kerak. Yigʻilgan materiallarni tahlil qilish bitiruv malakaviy ishida korxona faoliyatiga baho berish, uni yaxshilash boʻyicha amaliy xulosa va takliflarni keltirishda qoʻl keladi.
2. Amaliyot jarayonida bir qator savollarga javob topishda korxonadagi amaliyot rahbari bilan maslaxatlashish maqsadga muvoffiq.

4. BMIGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR


Bitiruv malakaviy ishini bajarish xar bir boʻlim paragraflarini ishlab chiqishdan boshlanadi. Xar bir savollarni ochib berishda aniq xamda statistik ma’lumotlar tahliliga asoslanish zarur. BMI materiallar aniq va mantiqiy talqin etilishi kerak.
Tanlangan mavzuni toʻgʻri va toʻliq ochib berishda talabaga quyidagilarga e’tibor berishi lozim:

  • ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar boʻlimlarni, boblarni, paragraflarni oʻrganish orqali masalaning mohiyatini anglab yetish;

  • oʻrganilayotgan muammo boʻyicha mamlakatimiz va xorijiy olimlarning ilmiy asarlarini oʻrganish;

  • texnik hamda iqtisodiy masalalar borasida qabul qilingan Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqish;

  • statistik toʻplamlarda va davriy nashrlarda chop etiladigan statistik ma’lumotlar bilan tanishish;

  • tanlangan mavzu boʻycha davriy jurnallarda chop etilgan maqolalarni oʻrganish;

a) ilmiy jurnallarda;
b) ijtimoiy – iqtisodiy gazetalarida;
c) maxsus internet portallarida:
d) Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiya qilgan xorijiy nashrlari.
BMIni bajarish jarayonida talaba iqtisodiy adabiyotlarda qoʻyilgan masalaga tanqidiy yondashib, muammolarni xal qilishda oʻz fikrini toʻgʻri bayon qila olishi kerak.
Berilgan ma’lumotlar toʻgʻri ketma-ketlikda va mantiqiy bayon etilishi kerak. Talaba mavzuni yoritish jarayonida qoʻyilgan savollarga ijodiy yondashib ularni nafaqat adabiyotlarda keltirilgan tsitatalardangina emas balki shaxsiy fikrlari bilan boyitishi shart.
BMI talaba tomonida aniq va ravon adabiy tilda yozilishi kerak.
Terminglar, soʻzlarni qisqartmalari va belgilar butun ish davomida bir xilda boʻlishi shart.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling