Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Bitiruv malakavii ishining (BMI, diplom loyihalari) maqsad va vazifalari


Download 243.22 Kb.
bet2/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

Bitiruv malakavii ishining (BMI, diplom loyihalari) maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishi (bundan keyin BMI) - bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya sinovlaridan biri boʻlib, oliy ta’lim dasturi boʻyicha ta’lim olishni tamomlash hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish davlat ta’lim standartida nazarda tutilgan talabalarni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Diplom loyihasi texnik masallar yechimi, matn (izohlovchi qism) va grafik boʻlimlaridan iborat boʻlgan mustaqil muxandislik ishlanmasidir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - tizimlashtirish, biriktirish, nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish va mustaqil ravishda amaliy tahlil qilish maxorati va mustaqil fan sohalarida toʻplangan koʻnikmalarni umumlashtirish, kasbiy
Mutaxasislik boʻyicha olingan nazariy bilimlarni
Diplom loyihasining maqsadi – ta’lim yoʻnalishi boʻyicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni bir tizimga keltirish, mustaxkamlash, kengaytirish va ularni maayyan ilmiy, texnik, konstruktorlik, iqtisodiy va ishlab chiqarish masalalarini hal etishda qoʻllashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsadi:

  • Ta’lim boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy vazifalarini xal etishda qoʻllash;

  • Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qoʻyilishi jarayonidan boshlab, uni toʻla nihoyasiga yetkazish boʻyicha qaror qabul qilishda boʻlgan ma’suliyatni his etishga oʻrganish;

  • Zamonaviy ishlab chiqarishda, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Mavzuga oid yechilishi zarur boʻlgan texnik, texnologik, ilmiy va tashkiliy masalalarni aniqlash;

  • Mavzu boʻyicha loyihalash ishlarini normativ – xuquqiy xujjatlarni, texnologik reglamentlar, ma’lumotnomalar, texnik hisobotlar, oʻquv va ilmiy adabiyotlarni izlab topish va ulardan foydalanish;

  • mutaxassislik boʻyicha nazariy hamda amaliy koʻnikmalarni umumlashtirish va kengaytirsh, shuningdek, kasbiy faoliyat davomida qoʻyilgan muammolarni yechishda ularni qoʻllash;

  • bir nechta oʻzaro bogʻliq boʻlgan maxsus fanlar boʻyicha bilimlarni tizimlashtirish;

  • loyihaning chizma – grafik va xisob ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida bajarish;

  • tanlangan mavzu boʻyicha oʻz fikr va muloxazalarini yozma ravishda aniq, ravon va mantiqan bayon etish;

  • muammoni xal etish boʻyicha amaliy yechimlarni loyiha shaklida rasmiylashtirish.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling