Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Download 243.22 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMADA AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARGʻONA FILIALI


KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


KOMPYUTER TIZIMLARI KAFRDRASI


BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI YOZISH, RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH BOʻYICHA
(bakalavr ta’lim bosqichi talabalari uchun)
USLUBIY KOʻRSATMA
5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”)


Fargʻona-2021
Ushbu uslubiy koʻrsatma 5330500-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar uchun bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun moʻljallangan.
Ushbu uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabridagi 26-2018-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’im muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” gi buyrugʻiga muvofiq tayyorlandi.
Uslubiy koʻrsatma TATU Fargʻona filiali Uslubiy kengashining 20__ yil __ ________ kungi ___-sonli yigʻilishda koʻrib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti,
f.-m. f. n D. Xalilov
Axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi
S. Xontoʻrayev
Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti
A. Abdumalikov
Taqrizchilar:
FarDU f-m.f.n.dots T. Tojiyev
TATU FF t.f.n. A. Abduqodirov

“Axborot texnologiyalari”


kafedrasi mudiri v. v. b. O. Ergashev
Kompyuter injiringi
fakulteti dekani O. Otaqulov
KELISHILDI”
O’quv-uslubiy bo’lim oshlig’i Sh.Umarov
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishlarini (diplom loyihalari) bajarish uchun umumiy talablar

5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) ta’lim yoʻnalishi axborotni qayta ishlash, koʻp qirrali jarayonlariga xizmat koʻrsatish, kompyuter va kompyuter tizimlari hamda ularning dasturiy tizimlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish, tarmoq kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsion infrastrukturalarini yaratish vositalari va usullarini oʻz ichiga oladi.


5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’yektlari – hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining axborot va dasturiy ta’minoting rivojlantirish asoslari, yuksak unumdorlikka ega hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarini tashkil etish va boshqarish, kompyuter tizimlari servis xizmatining raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilgan dasturiy tizimlar va vositalarni amalga oshirish va takomillashtirish, sun’iy intellekt va intellektual tizimlar, murakkab tizimlarni loyihalashdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishi bakalavr oʻquv jarayonini yakunlovchi bosqichidir. Bitiruv ishi - talabaning oʻquv, ilmiy va ijodiy ishining natijasidir.
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr fanlarning hamma turkumlari boʻyicha bilimlar qoʻllanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy topshiriqni yechadi.
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr:

  • yechilayotgan topshiriq boʻyicha masala holatining sharhini va bu masala holatining tahlilini beradi;

  • texnikaviy-iqtisodiy talablarni shakllantiradi, topshiriqni yechishning turli variantlarini koʻrib chiqadi va ratsional variantini aniqlaydi;

  • ratsional variantning hisobiy, konstruktsion va iqtisodiy yechimini beradi;

  • topshiriq yechimi boʻyicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni iqtisodiyotning mos sohalarida qoʻllash imkoniyatini aniqlaydi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta’lim muassasasining bitirtiruvchi kafedralari tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzusi texnologik, konstruktorlik yoki ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida boʻlishi mumkin.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling