6. BMI TARKIBIY QISMIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
“Titul varoq” - BMIning birinchi beti xisoblanadi. Titul varoqqa saxifa raqami qoʻyilmaydi lekin BMIning umumiy xajmiga qoʻshiladi. Titul varoqning shakli va uni rasmiylashtirish mazkur qoʻllanmaning 2-ilovasida keltirilgan.
“BMIga hisoblash – tushuntirish xati” - BMI ning ikkinchi beti xisoblanadi. “BMIga hisoblash – tushuntirish xatiga” saxifa raqami qoʻyilmaydi lekin BMIning umumiy xajmiga qoʻshiladi. “BMIga hisoblash – tushuntirish xati” shakli va uni rasmiylashtirish mazkur qoʻllanmaning 3-ilovasida keltirilgan.
BMI topshirigʻi belgilangan shakldagi blankada rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirish tartibi mazkur qoʻllanmaning 4-ilovasida keltirilgan.
BMI topshirigʻida quyidagilar aks ettiriladi:
talabaning ismi sharifi, fakulьtet, yoʻnalish, guruhi;
ishining mavzusi;
ishni bajarish grafigi;
LOYIHAni ishlab chiqishda boshlangʻich ma’lumotlar;
BMI da koʻrib chiqiladigan savollar roʻyxati;
topshiriq berilgan sana.
Topshiriqning oxirida rahbarning hamda topshiriqni bajarishga qabul qilayotgan talabaning imzosi boʻlishi kerak.
Topshiriqni sahifalash ikki tomonlama amalaga oshiriladi.
6.4. Annotatsiya.
Annotatsiyada BMIda yoritilgan masala va uning yechimlarini, shuningdek masalani yechishda foydalanilgan texnik hamda dasturiy vositalar haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi. Ma’lumotlar bitiruvchi OTMda joriy vaqtdagi tahsil olgan tili(oʻzbek yoki rus) va ingliz tilida yoziladi. Ikki tilda yozilgan annotatsiyaning hajmi 1 betdan iborat boʻlishi tavsiya etiladi.
BMI mundarijasi ishda keltirilgan ma’lumotlarni oson topish uchun moʻljallangan. Mundarijada BMIning boʻlimlari, yoritilgan savollar, xulosa, ilova, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati saxifalar raqamlari bilan beriladi.
BMI mundarijasini rasmiylashtirish tartibi 3-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |