Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Download 243.22 Kb.
bet7/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

6.6 Kirish


Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va imiy yangiligi, mavzu yuzasidan ishlanmalarning umumiy xolati aks etishi kerak. Bundan tashqari kirish qismida koʻrilayotgan muammolarni hal etish yoʻllari taklif etiladi. Mavzuning maqsadi va hal etiladigan muammolar ifoda etiladi. Kirish qismi yangi sahifadan boshlanadi. Kirish qismining xajmi – 3-5(5 gacha) varoq. BMIning kirish qismining sahifa raqami, annotatsiya va mundarija 1 bet boʻlganda, 5 yoki 7 dan boshlanadi.

6.7 Asosiy qism


BMIning asosiy qismi 4 ta boʻlimdan iborat boʻladi:

  1. NAZARIY QISM. Nazariy qismda mavzu mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar qisqa va aniq yoritilishi kerak. Misol uchun, “Uniayersitet saytida oliy ma’lumot haqida diplomni tasdiqlash imkonini beruvchi interaktiv xizmat yaratish” nomli BMIning nazariy ma’lumotlariga veb sayt va undagi interaktiv xizmat tushunchasi, Respublikamizda faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari, muassasalari veb saytlariga hamda unda joylashtirilishi lozim boʻlgan interaktiv xizmatlarga qoʻyiladigan talablar, Interaktiv xizmatni yaratishda foydalaniladigan dasturiy mahsulot yoki dasturiy mahsulotlar haqida ma’lumotlar keltirlishi kerak.

  2. LOYIHA QISM. BMIni loyiha qismini yaratish birinchi boʻlimda aks ettirilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Ya’ni, yaratilishi lozim boʻlgan interaktiv xizmat dasturiy ta’minotlar yordamida yaratish jarayonlari loyihalashtirilib, yaratiladi.

  3. TADBIQ QILISHNI TASHKIL ETISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI. Yaratilgan loyiha, aniqroq qilib aytganda veb saytda yaratilgan interaktiv xizmatdan foydalanish yoʻriqnomasi va interaktiv xizmatning interfeysi hamda interaktiv xizmat ishga tushirilganidan soʻng kutiladigan natijalar, loyiha samaradoligi uchinchi boʻlimda yaratiladi.

  4. MEHNAT MUHOFAZASI. Bu boʻlimda mehnat muhofazasi boʻyicha nazariy va amaliy ma’lumotlar, tavsiyalar keltirilgan boʻlishi lozim.

Ishning matn qismida mavzuni yoritish maqsadida ishning ijodiy tomonlari qisqa va aniq bayon etilishi, tadqiqot metodlari qoʻllanilgan xisob-kitoblar, rasmlar, jadval xamda diagrammalar keltirilishi kerak.
BMIning asosiy qismi qoida boʻyicha 4 ta boʻlimdan iborat boʻladi. Boʻlim ichidagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bogʻlangan boʻlishi, har bir keyingi savol oʻzidan oldingi savolning mantiqan davomi boʻlib, bir butunni tashkil etishi kerak.
Boʻlim nomlari 4-ilovada keltirilgan holatda boʻlishi lozim.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling