Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


Download 243.22 Kb.
bet8/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

6.8 Xulosa


Xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlari natijasida xosil boʻlgan qisqacha fikrlar, ularning amaliy ahamiyati, tahlillar natijasida muammolarni hal etish boʻyicha muallifning taklif hamda tavsiyalari berilishi kerak.
Xulosa qismi 3 betdan oshmasligi va kamida 1,5 bet boʻlishi lozim.

6.9 Adabiyotlar roʻyhati


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida talaba BMIni yozishda foydalangan Prezident qarorlari, Vazirlar Ma’kamasining qarorlari, me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, monografiyalar, gazeta va jurnallar aks ettirilishi kerak (4- ilova).

6.10 Ilovalar


Ilovalar BMIning asosiy matni bilan birga jamlangan boʻlishi yoki alohida kitob xolida chiqarilgan boʻlishi mumkin. Ilovalarga BMI ni toʻldiruvchi va tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi:
a) oraliq matematik isbotlar, formulalar, xisob-kitoblar;
b) statistik maolumotlar va ularni kayta ishlash metodlari;
c) anik tajribalar natijalari;
d) dastlabki materiallar;
e) yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
f) yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar);
j) mukammal izoxlar;
Ilovalar ketma-ketligi tartibi BMI da ularga murojaat kilish tartibiga mos kelishi va foydalanish qulayligini ta’minlashi kerak. Ilovar BMI umumiy xajmining 3/1 qismidan oshib ketmasligi kerak.

7. BMINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI


BMIni toʻgʻri rasmiylashtirish uning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. BMI kompyuter va printer yordamida 80g/m² qalinlikdagi A4 (210x297 mm) formatli standart oq qogʻozning bir tomonida chop etiladi.
Ishning ilova qismidagi jadvallar, illyustratsiyalar A3 (297x420 mm) formatli qogʻozda boʻlishi mumkin.
BMI matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda Times New Roman 14 oʻlchamli shriftni koʻllagan xolda Microsoft Office dasturidagi Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Satrdagi belgilar soni 65 tadan, matndagi satrlar soni 27-28 dan oshmasligi, satr oraligʻidagi interval 1,5 boʻlishi kerak. Satr oraligʻiga formulalar kiritilsa, intervalni qoʻpaytirishga ruxsat etiladi.
Xar bir bet xoshiyasi: chapdan - 30 mm, yuqori va pastgi qismi 20 mm va oʻngdan 15 mm boʻlishi kerak.
Ishning butun xajmi boʻyicha nashr shrifti toʻgʻri, aniq, qora rangda boʻlishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga xavolalar keltirish xar bir saxifaning oxirida koʻrsatilishi tavsiya etiladi. Matnda keltirilgan ba’zi bir fikr yoki ma’lumotlarni kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan xolda ajratib kursatish mumkin (kursiv, qoraytirish, tagiga chizish va h.k.z).
Betlarni sahifalash arab raqamlari bilan amalga oshiriladi. BMIning barcha betlari kirish qismidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. BMIning titul varagʻi, tushuntirish xati, topliriq varaqasi, annotatsiya va mundarija qismiga sahifa raqami qoʻyilmaydi lekin BMIning umumiy xajmiga kiritiladi. Tartib raqami betning pastki qismini oʻrtasiga qoʻyiladi.
Xatboshi 1.25 boʻlishi lozim.
BMI qattiq muqova koʻrinishda (pereplyot) qilingan yoki maxsus papkaga solingan boʻlishi kerak. BMI kompyuter yordamida rasmiylashtiriladi. BMI kompyuter yordamida tayyorlanganida uni elektron varianti talaba tomonidan CD-kompakt diskda yozilib topshirilishi shart.
BMI matni ilmiy-publitsistik uslubda yoziladi. Birinchi shaxs tomonidan BMI matnini yozish mumkin emas. Masalan: “...men tahlil qildim...”
Ishning matnida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • soʻzlashuv tiliga xos boʻlgan gaplarni qoʻllash;

  • qisqartmalarni qoʻllash, umumtartibda qabul qilingan qisqartirish qoidalaridan tashqari.

Ilovalar BMI xajmi 1/3 dan oshib ketmasligi kerak. BMI ning asosiy qismi xajmi 70 yoki 80 bet va mantdagi soʻzlar soni 12000 – 15000 boʻlishi kerak.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling