Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSINI TANLASH


Download 243.22 Kb.
bet3/16
Sana16.06.2023
Hajmi243.22 Kb.
#1506730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

1. BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSINI TANLASH


Belgilangan muddatlarda bitiruvchilarni tayyorlayotgan kafedralar xar bir IV kurs talabalariga oʻqituvchilarni biriktiradilar, undan keyin ularning birgalikda olib boradigan faoliyati bitiruv malakaviy ishi bitiruvchisi va rahbari sifatida boshlanadi.
Talablar:

  1. Bitiruv malakaviy ishlari mavzularini bitiruvchilarni tayyorlayotgan kafedralar ishlab chiqadilar va oliy ta’lim maussasasining ilmiy kengashida tasdiqlatadilar, shuningdek, mavzuni tanlash uchun oxirgi muddatni belgidaydilar.

  2. Talabalar rahbarlari bilan birgalikda bitiruv ishlari mavzularini belgilaydilar. Tanlangan mavzular kafedra mudiri tomonidan taqdim etilgan holda rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

  3. Talabalarning tashubbusi bilan taklif etilayotgan mavzular kafedraning mutaxassisligiga mos kelishi kerak.

Tavsiyalar:

  1. Mavzuni tanlashda talabaning qiziqishlarini, shuningdek, kafedra tomonidan biriktirilgan bitiruv ishi rahbarini va amaliyot oʻtayotgan korxonadagi rahbari tavsiyalarini inobatga olish kerak.

  2. Shahar kokimiyati, soha korxona rahbarlari tomonidan tavsiya etilgan bitiruv malakaviy ishi mavzulari oʻziga hos qiziqish uygʻotadi.

2. MAVZU NOMINING IFODALANISHI


Himoya vaqtida bitiruv ishi tarkibi uning mavzusidan qisqa yoki keng boʻlish hollari kuzatiladi. Bunday e’tirozlarni oldindan bartaraf etish zarur.
Talablar:

  1. Mavzusining nomi uning rejasiga, tarkibiga va qoʻyilgan maqsadiga qat’iy mos kelishi kerak.

  2. Mavzu nafaqat faning nomini balki tadqiqot ob’yektini ham ifodalashi zarur. Mavzu nomida iqtisodiy yoʻnalish (sanoat, bank tizimi, sogʻliqni saqlash va h.k.z) yoki ohirida qavs ichida bitiruv ishida tadqiqot ob’kti sifatida olingan korxonaning nomining boʻlishi mavzu ikki yoqlama boʻlishiga erishiladi. Masalan – “Sanoat korxonalarinida xodimlarining mehnatiga xaq toʻlash va ragʻbatlantirish” mavzusi ancha kengroq. “Xodimlar mehnatiga xaq toʻlash va ragʻbatlantirish” mavzusi ancha qisqa.

Tavsiyalar:

  1. Bitiruv ishi mavzusi maksimal darajada qisqa boʻlishi maqsadga muvoffiq boʻladi. Ortiqcha soʻzlar boʻlmasligi kerak. Shuningdek, “tadqiqot” soʻzini ishlatish tavsiya etilmaydi chunki xar bir bitiruv ishi tadqiqot ishi hisoblanadi.

  2. Mavzuning yutugʻi shundan iboratki, talabaning faol yondashuvi asosida tadqiqotni “takomillashtirish”, “ijodiy”, “tadbiq etish”, “tadqiq qilmoq” kabilardan tashkil topishidir.

  3. Hozirgi kunda barcha bitiruv tadqiqot ishlari Oʻzbekistondagi iqtisodiy soxalarni modernizatsiyalash bilan bogʻliq. Shuning uchun xar bir bitiruv ishi mavzusiga “bozor iqtisodiyoti sharoitida” soʻzlarini qoʻshish maqsadga muvoffiq boʻlmaydi.

Download 243.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling