Kompyuter kommunikatsiyalari: kommunikatsion kanal va aloqa protsessori, axborot uzatish muhiti Reja


Download 29.34 Kb.
bet8/11
Sana28.10.2023
Hajmi29.34 Kb.
#1731010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuter kommunikatsiyalari kommunikatsion kanal va aloqa prot-hozir.org

Server (Server) — bu tarmoqning barcha ishchi stanciyalar so’rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u bu stanciyalarga umumiy tizim resurslariga (hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va b.) murojaat qilish imkomini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi. Server o’zining tarmoqli operacion tizimiga ega bo’lib, tarmoq barcha bo’g’inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o’tadi. Serverga quyiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorlikni va ishonchliligini ajratib o’tish lozim.

Ishchi stanciyalarga tarmoq resurslarini taqdim etishdan tashqari, serverning o’zi ham mijozlarning so’rovi bo’yicha ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlashni bajarishi mumkin — bunday serverni ko’pincha qo’shimcha (ilovali) server deb atashadi.

Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.

Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.

Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.

Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko’p adresli faksimil aloqa va elektron pochtani qo’llash, ko’p foydalanuvchili terminallarni (printerlarni, plotterlarni va b.) boshqarish bo’yicha tarmoq ishidagi eng «zaif» joylarni bartaraf etish uchun ishlatiladi. Ixtisoslashgan serverlarga misollar:

Fayl-server (File Server) — qiymatlar bazasi bilan ishlash uchun ko’pincha sig’imi terabaytgacha bo’lgan RAID diskli massivlardagi hajmli diskli eslab qolish qurilmalariga egadir.

Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express System) — ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko’p serverli tarmoqlarda, sig’imi 5 Gbaytgacha bo’lgan almashtiriladigan kartrijli magnit lentadagi yig’uvchilar (strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq ma’muriyati tomonidan scenariy bo’yicha (tabiiyki, arxiv katalogini tuzish bilan) serverlardan va ishchi stanciyalardan olingan ma’lumotlarni siqishtirish yo’li bilan kundalik avtomatik arxivlashtirishni bajaradi.


Download 29.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling