«kompyuter lingvistikasi» reja: kompyuter lingvistikasi fanining vazifalari


Download 28 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi28 Kb.
#1173522
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kompiyuter lingvikasilik


«KOMPYUTER LINGVISTIKASI» 


REJA:




1.KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANINING VAZIFALARI
2.KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANINING MAZMUNI VA MAQSADI

3.KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Ko‘pchilikning fikricha, fan shu kun tashvishlari bilan yashaydi. Shu kun talablari bilan yaratiladi, shu kunda tatbiq qilinadi va samara beradi. Aslida, fan ko‘proq ertangi kunga qaratiladi (10, 20, hattoki 50 yillarni nazarda tutadi). Demak, fanning asosiy vazifasi mavjud holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko‘tarish, yangi yo‘nalishlar ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda rivojlantirishdir.Insoniyat bugungi kun holati, bugungi kun ko‘nikmalari, bugungi kun imkoniyatlari, iqtisodiyoti va siyosati bilan cheklanmasligi kerak. Ayniqsa, talabalar (5, 10, 20 yildan keyin jamiyatda o‘zini ko‘rsatadigan mutaxassislar) uchun yuqorida aytilgan fikr muhim. Olimlar zimmasida yangiliklarga nafaqat mutaxassislarni, balki keng ommani, ishbilarmonlar, homiylar, ayniqsa, yuqori lavozimdagi rahbarlarni tayyorlash vazifasi turadi. Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko‘rinishida bo‘ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda – matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz. Tilni o‘rganish, tilga o‘rgatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshirish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo‘li kompyuterdan foydalanishdir. O’zbek tili kabi boy, keng va chuqur rivojlangan til masalalarini kompyuterda yechish darajasiga olib chiqish ingliz tiliga qaraganda katta hajmda ish bajarishni talab qiladi. Demak, lingvistika+matematika+kompyuter birligida ishlashimiz lozim. Bu quyidagi ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi: • Tilni (bizning holda o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dunyo tili (bizning holatda ingliz tili) bilan qiyoslash. • Aniq fanlar, texnika, meditsina, biznes, tijorat, huquqshunoslik, diplomatiya, munshaot sohalarida hizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq, qisqa va xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini yaratish. • O’zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini yaratish. • O’zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni o‘zbek tili bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajaradigan dasturlarni ishlab chiqish. 



Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling