Kompyuter lingvistikasi
Download 1.27 Mb.
|
Kompyuter lingvistikasi
Bu, o‘z navbatida, hamma sohalarning kompyuterda ishlashga moslashtirilgan ko‘rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Kompyuter meditsinasi, kompyuter iqtisodiyoti, kompyuter huquqshunosligi qatorida tilshunoslikda ham kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining paydo bo‘lgani tabiiy hol. O’zbek kompyuter lingvistikasini yaratish oldimizda turgan dolzarb masaladir. Bu o‘zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni ona tilimiz bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajarish imkonini yaratadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishda ingliz kompyuter lingvistikasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Faqat uning asosiy g‘oyalariga tayanish mumkin. O’zbek kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining ingliz tilidan tamomila farq qiladigan xususiyatlari asosida shakllantiriladi. Bu esa o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishdan oldin o‘zbek tilini mukammal darajada sistemalashtirish, formallashtirish vazifalarini amalga oshirish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatadi.O’zbek tili kabi boy, keng va chuqur rivojlangan til masalalarini kompyuterda yechish darajasiga olib chiqish ingliz tiliga qaraganda katta hajmda ish bajarishni talab qiladi. Demak, lingvistika+matematika+kompyuter birligida ishlashimiz lozim. Bu quyidagi ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi: • Tilni (bizning holda o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dunyo tili (bizning holatda ingliz tili) bilan qiyoslash. • Aniq fanlar, texnika, meditsina, biznes, tijorat, huquqshunoslik, diplomatiya, munshaot sohalarida hizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq, qisqa va xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini yaratish. • O’zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini yaratish. • O’zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni o‘zbek tili bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajaradigan dasturlarni ishlab chiqish.Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling