Kompyuter savodxonligi
-rasm. PowerPoint dasturi menyu satri va buyruqlari. 111 10.4. Taqdimotni namoyish qilish
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. INTERNET TARMOG‘I VA UNING XIZMATLARI. 11.1. Kompyuter tarmoqlari.
5-rasm. PowerPoint dasturi menyu satri va buyruqlari.
111 10.4. Taqdimotni namoyish qilish Taqdimotni tuzib bo‘lgandan so‘ng uning namoyishini ko‘rish vaqti keldi. Buning uchun namoyish parametrlarini o‘rnatish kerak. Buning uchun “Pokaz slaydov” menyusiga kirib “Nastroyki demonstratsii” menyusini tanlash kerak. Hosil bo‘lgan darchada sozlashlar tanlanadi. 6-rasm. Taqdimot boshqaruvini sozlash oynasi. Agar xohlasangiz, taqdimotingizni slayddan slaydga sizning buyrug‘ingizsiz o‘tmaydigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Bu, agar siz taqdimot davomida uzilishlar bo‘lishi mumkin, deb o‘ylasangiz foydadan xoli emas. Shu usul bilan siz taqdimotni boshdan oyoq boshqarishingiz mumkin. Aksincha, agar xohlasangiz, slaydlar avtomatik ravishda o‘zi ketma-ket ko‘rsatiladigan qilib moslashtirishning ham iloji bor. Faqat bundan oldin siz slaydlarning o‘tish oralig‘ini tekshirib («repetitsiya» qilib) o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi. Taqdimotingiz tayyor bo‘lgandan so‘ng uni ishga tushirish uchun taqdimotni ko‘rsatishni boshlash (Nachat pokaz slaydov) menyusini tanlashingiz yoki F5 tugmasini bosishingiz kerak. Shunda mehnatingiz mahsulidan bahramand bo‘lasiz. Taqdimot namoyishidan chiqish uchun Esc tugmasini bosish kerak. 112 11. INTERNET TARMOG‘I VA UNING XIZMATLARI. 11.1. Kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmog‘i bitta kompyuterni ikkinchisi bilan o‘zaro bog‘lash va ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan. Kompyuter tarmoqlari ulardagi kompyuterlar joylashuvi va bog‘lanish usuli bo‘yicha mahalliy va global turlarga bo‘linadi. Mahalliy kompyuter tarmog‘ida kompyuterlar bitta xona, yonma-yon xonalar, qavatlar yoki binolarda joylashgan bo‘ladi. Odatda ularni o‘zaro bog‘lash uchun tarmoq kabelidan foydalaniladi. Tarmoq kabelining bir qator turlari mavjud, masalan: juftlik, koaksial va shisha tolali. Tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro ulanish tuzilmasi tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoq topologiyasining quyidagi turlari mavjud: Umumiy bog‘lam; Aylana; Yulduzsimon. Tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro ulanish usuli, ma’lumot almashish asoslarini belgilovchi vosita – bu tarmoq texnologiyasidir. Tarmoq texnologiyasi tarmoqdagi kompyuterlar ma’lumot almashish uslubi, kompyuterlar maksimal soni, ular orasidagi masofa, tarmoq kabeli va anjom-uskunalarini belgilaydi. Tarmoq texnologiyalarining asosiy turlari: Ethernet; Arc Net; Token Ring; Fast Ethernet; Gigabit Ethernet; FDDI; 100VG Any-LAN. Kompyuterni tarmoqqa ulash uchun unda maxsus qurilma – tarmoq adapteri mavjud bo‘lishi shart. U sistema blokining asosiy platasi tarkibiga kiritilgan yoki uning bo‘sh uyalaridan biriga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Tarmoqdagi kompyuterlar o‘zaro muloqotda bo‘lishi va ma’lumot almashishi uchun maxsus vosita – tarmoq protokoli ishlab chiqilgan. Tarmoq protokoli kompyuterlarning o‘zaro bog‘lanish va muloqotda bo‘lish tartib-qoidasini belgilab, o‘zaro ma’lumot almashishi kerak bo‘lgan kompyuterlar bir xil tarmoq protokolidan foydalanishi lozim. Tarmoq protokolining quyidagi asosiy turlari mavjud: NetBEUI; IPX/SPX; TCP/IP; 113 POP3; SMTP. Yuqorida ko‘rsatilgan tarmoq protokollaridan TCP/IPdan keng foydalaniladi, chunki undan nafaqat mahalliy, balki global tarmoqda ham foydalanish mumkin. Global tarmoqda kompyuter orasidagi masofa uzoq bo‘lib, ular o‘zaro ma’lumot almashishi uchun mavjud telefon tarmoqlari, maxsus tarmoq magistrallari, sun’iy yo‘ldosh aloqasi qo‘llaniladi. Global tarmoqlarning eng ommabop va mashhuri bu Internet tarmog‘idir. Kompyuterni global tarmoqqa ulash uchun unga maxsus qurilma – modem (modulyator-demodulyator) o‘rnatilishi shart. Modem telefon tarmog‘i orqali Internet provayderiga ulanib, Internet kabi global tarmoqda ishlash imkonini yaratadi. Modemlarning quyidagi asosiy turlari mavjud: Ichki modem (Internal Modem) kompyuterning asosiy platasida joylashgan. Tashqi modem (External Modem) alohida qurilma bo‘lib, kompyuterga kabel yordamida ulanadi. Ixcham kompyuter modemi (PCM/PCMCIA) alohida plata ko‘rinishida bo‘lib, asosiy plataning ichki yoki tashqi bo‘sh uyasiga o‘rnatiladi. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling