Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet22/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Mashqlar
Topshiriq №1
• Yangi disketani disk yuritkichga (diskovodga) kiriting va uni
formatlang
• Disketa formatlangandan keyin unga “Moi dokumentы” (Mening
hujjatlarim
) katalogidan ixtiyoriy 3-4 ta faylni ko‘chiring.
• Disketaga fayllar ko‘chirilganligini tekshiring (ochib ko‘ring)
• Disketaga yozilgan fayllarning nomlarini o‘zgartiring.
• Disketada nomlari o‘zgartirilgan fayllarni kompyuterdagi “Moi dokumentы” (Mening
hujjatlarim
) katalogiga ko‘chiring.
• Disketadagi fayllarni o‘chiring.
Topshiriq №2
• Audio kompakt diskni CD/DVD qurilmasiga joylashtiring.
• Hosil bo‘lgan muloqot oynasida Windows Media Player yoki boshqa
dastur yordamida ochish lozimligini ko‘rsating.
• Audio kompakt diskdagi bir nechta audio treklarni tinglab ko‘ring.
• Audio kompakt diskni CD/DVD qurilmasidan chiqaring.
• CD/DVD qurilmasiga video fayllar mavjud diskni joylashtiring.
• Diskdagi ma’lumotlarni Windows Media Player yoki boshqa dastur yordamida ochib ko‘ring.
• Video diskni CD/DVD qurilmasidan chiqaring.
• CD/DVD qurilmasiga ma’lumot yozilgan (Data CD) diskni joylashtiring
“Rabochiy stol” (Ish stoli)da “From CD” nomli yangi katalog tashkil eting.
• Diskdagi bir nechta fayl yoki katalogni yangi “From CD” katalogiga ko‘chiring.
• CD/DVD qurilmasidan diskni chiqaring.
Topshiriq №3
• Kompyuter sistema blokida mavjud bo‘sh USB portiga Flash-xotira
qurilmasini ulang.
• “Moy kompyuter” oynasini ochib, Flash-xotiradagi ma’lumotlarni
ko‘zdan kechiring.
• “Moi dokumentы” katalogidan bir nechta (4-5 ta) fayllarni Flash-xotiraga ko‘chiring.
• “Moy kompyuter”ni ochib, Flash-xotiraga yangi ko‘chirilgan fayl nomlarini o‘zgartiring.
• “Rabochiy stol”da (Ish stolida) “From Flash” nomli yangi katalog tashkil eting.
• Nomlari o‘zgargan fayllarni “Rabochiy stol” (Ish stoli)dagi “From Flash” nomli yangi
katalogga ko‘chiring.
• Flash-xotirani Windows vositalari yordamida to‘g‘ri o‘chiring va USB portidan chiqaring.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling