Kompyuter savodxonligi
Disketa bilan ishlash: formatlash, fayl yozish, ochish, o‘chirish, ko‘chirish
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5” disketa tuzilishi
4.1. Disketa bilan ishlash: formatlash, fayl yozish, ochish, o‘chirish, ko‘chirish.
Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilganidan boshlab to hozirgi kunga qadar ma’lumotlarni saqlash va boshqa joyga ko‘chirish yoki olib borishning eng ommabop vositasi disketalar edi va ular hozirgi kunda ma’lumotlarni saqlash va almashishning boshqa vositalariga o‘z o‘rnilarini bo‘shatib bermoqdalar. Disketaga ma’lumot magnit induksiya asosida yoziladi, o‘qiladi va o‘chiriladi. Disketa bilan ishlash uchun kompyuterga maxsus qurilma – diskovod – disk yuritkich o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Disk yuritkichlarning ikkita asosiy turi mavjud: - 5,25” o‘lchamdagi hajmi 360 Kb, 720 Kb va 1,2 Mb disketalar bilan ishlashga mo‘ljallangan disk yuritkich, 3,5” dyuym o‘lchamdagi hajmi 720 Kb va 1,44 Mb disketalar bilan ishlashga mo‘ljallangan disk yuritkich. Yangi disketadan foydalanishdan oldin uni formatlash zarur, ya’ni disketa sektorlarga bo‘linib, hajmi aniqlanadi va bundan keyin undan foydalanish mumkin bo‘ladi. Disketani formatlash uchun quyidagilarni bajaring: 1. Disketani disk yuritkichga kiriting; 2. Moy kompyuter (Mening kompyuterim)ni oching; 3. Hosil bo‘lgan oynada: Disk 3,5 (A)ni tanlang va sichqonning o‘ng tugmasini bosing va kontekst menyudan Formatirovat... (Formatlash) buyrug‘ini tanlang. 4. Natijada ekranda disketani formatlash oynasi hosil bo‘ladi: 5. Mazkur oynada Nachat (Boshla) tugmasini bosib, formatlash jarayonini boshlash kerak. 6. Bundan keyin operatsion tizim disketadagi ma’lumotlar yo‘q qilinishi to‘g‘risida ogohlantiradi: Formatlash Formatlash
3.5” disketa tuzilishi: 1. Himoya qobig‘i 2. Disk yurgizuvchi 3. Himoya kopqog‘i 4. Yozish va o‘chirishni taqiqlovchi tirqish 5. Disketa borligini aniqlash tirqishi 35 7. Agarda disketani formatlashga rozi bo‘lsangiz, OK tugmasini bosish kerak. 8. Formatlash tugaganidan keyin hosil bo‘lgan oynada OK tugmasini bosish kerak bo‘ladi. 9. Bundan keyin Zakrыt (Yopish) tugmasini bosish kerak. Disketaga ma’lumot yozish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: • Kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. • Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo‘natish) va undan keyin Disk 3,5 (A:)ni tanlash kerak. • Natijada ko‘rsatilgan fayl yoki katalog nusxasi disketaga ko‘chiriladi. Disketadagi ma’lumotni kompyuterga ko‘chirishning ikki usuli mavjud: 1.1. Kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o‘ng tugmasini bosing. 1.2. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Jo‘natish (Otpravit) va keyinchalik Mening hujjatlarim (Moi dokumentы)ni tanlang. 2.1. Kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o‘ng tugmasini bosing. 2.2. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa ko‘chirish) buyrug‘ini tanlang. 2.3. Fayl yoki katalog yozilishi kerak bo‘lgan katalogni ochib sichqonning o‘ng tugmasini bosib, hosil bo‘lgan kontekst menyudan Vstavit (Joyla) farmoyishini tanlang. Natijada ko‘rsatilgan fayl yoki katalog disketadan Moi dokumentы (Mening hujjatlarim) yoki boshqa katalogga ko‘chiriladi. Disketadagi fayl yoki katalogni o‘chirish uchun disketani ochib, o‘chirilishi zarur bo‘lgan fayl tanlanadi va klaviaturadagi Delete tugmasi bosiladi. Shuni ta’kidlash joizki, disketadan o‘chirilgan ma’lumot Korzina (Savat)ga tushmaydi, shuning uchun uni qayta tiklash imkoniyati yo‘q. 36 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling