Kompyuter savodxonligi


Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr bo‘ladi, uni faqat Corel Draw


Download 332 Kb.
bet17/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr
bo‘ladi, uni faqat Corel Draw dasturida ochish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
faylni saqlashda qaysi versiyaga moslashtirib saqlash kerakligini ko‘rsatish kerak,
aks holda boshqa versiyadagi dasturda fayl ochilmasligi yoki ayrim effektlar
yo‘qolishi ehtimoli mavjud. Agarda hujjatda antiqa va maxsus shriftlardan
foydalanilgan bo‘lsa, matn va yozuvlarni curves, ya’ni geometrik shakllar
ko‘rinishiga aylantirish kerak bo‘ladi.
Boshqa vektorli grafika dasturlarining imkoniyatlari Corel Draw dasturiga
o‘xshash bo‘ladi, faqat ularni ta’minlash, ijro etish texnologiyasi va mexanizmlari
farqlanishi mumkin.
30
3.3. Paint grafik muharririda ishlash.
Windows operatsion tizimi tarkibida sodda nuqtali (rastrli) grafik
tahrirlash dasturi mavjud, bu dastur nomi Paint bo‘lib, murakkab bo‘lmagan
tasvirlarni yaratish va ayrim hollarda tayyor rasmlarga ishlov berish imkonini
beradi. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun quyidagilardan birini bajarish
kerak:
• Pusk (Boshla) menyusidan Programmы (Dasturlar) bandini, keyin
Standartnыe (Standart) dasturlar guruhidan “Paint”ni tanlash
kerak.
• Pusk (Boshla) menyusidan Vыpolnit (Bajar) bandini tanlab, hosil
bo‘lgan buyruq satriga “pbrush” buyrug‘ini kiritib, OK tugmasini yoki
Enter tugmasini bosish kerak.
• Natijada ekranda dastur oynasi hosil bo‘ladi.
Paint dasturi oynasi quyidagilardan tashkil topgan:
Dastur sarlavhasi va hujjat nomi;
Bosh Menyu – barcha asosiy farmoyish va amallarni o‘ziga olgan;
Chap tomonda uskunalar paneli – tahrirlash amalini bajaradigan
uskunalarni o‘zi ichiga olgan;
Past qismda ranglar atlasi – yaratilayotgan yoki tahrir qilinayotgan
tasvirni bo‘yash ranglarini tanlash imkoniyatini beradi;
Holat satri.
Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Yangi tasvir yaratib, uni saqlash.
2. Hujjatni boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;
3. Tasvirni raqamli fotokamera yoki skanerdan kiritish;
4. Tasvirni tahrirlash;
5. Tasvirni chop etish;
6. Tasvirni o‘chirish;
7. Tasvirni Windows operatsion tizimi ish stoliga joylashtirish.
31
Paint dasturida tasvir ustida barcha amallar uskunalar paneli yordamida
amalga oshiriladi. Uskunalar paneli quyidagi anjom-uskuna va uskunalardan
tashkil topgan:

Tasvirda ixtiyoriy shakldagi zarur sohani belgilash (bundan keyin uni xotiraga
ko‘chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o‘rnatish kabi
vazifalarni bajarish mumkin)

Tasvirda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda zarur sohani belgilash (bundan keyin uni xotiraga
ko‘chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o‘rnatish kabi
vazifalarni bajarish mumkin)

O‘chirg‘ich (lastik) uskunasi tasvirdagi kerak bo‘lmagan sohalarni o‘chirish imkonini
beradi

Bo‘yoq quyish (zalivka) uskunasi biror bir shakl yoki sohalarni rang bilan to‘ldirish
(bo‘yash) imkonini beradi. Agarda shakl yoki sohada ulanmagan joylar mavjud bo‘lsa, rang
qo‘shni sohalarga ham o‘tib ketadi (oqib ketadi)

Rangni tanlash (pipetka) uskunasi rang tanlash uchun ishlatiladi

Masshtabni ko‘rsatish uskunasi tasvir ko‘rinishini yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirishga
xizmat qiladi

Qalam uskunasi – ixtiyoriy chiziqlarni chizish uchun

Kist (Mo‘yqalam) uskunasi

Aerozol (bo‘yoq sepish) uskunasi

Tasvirda matn yozish uskunasi

To‘g‘ri chiziq chizish uskunasi

Egri chiziq chizish uskunasi

To‘rtburchak chizish uskunasi

Ko‘pburchak chizish uskunasi

Aylana, ellips chizish uskunasi

Burchaklari yoy shaklidagi to‘rtburchak shaklni chizish


Paint dasturida tasvirni saqlash uchun klaviaturadagi Ctrl+S tugmalarini
bosish yoki Fayl menyusidan Soxranit (Saqlash) farmoyishini tanlab, hosil
bo‘lgan muloqot oynada Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl nomini kiritib,
Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak. Paint dasturining fayllar ishchi
kengaytmasi *.bmp hisoblanadi, lekin tasvir faylini *.jpg, *.png, *.tif, *.gif kabi
kengaytmalar bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusidan Soxranit
kak...
(...kabi saqlash) buyrug‘ini tanlab, hosil bo‘lgan muloqot oynasida Tip fayla
(Fayl turi) satrida fayl kengaytmasini tanlab, Soxranit (Saqlash) tugmasini
bosish kerak.
Fayl
nomini
kiritish
Fayl
kengaytmasini
tanlash satri
32

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling