Kompyuter savodxonligi


Kompakt disk bilan ishlash: ma’lumot yozish, ko‘chirish, ochish


Download 332 Kb.
bet20/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

4.2. Kompakt disk bilan ishlash: ma’lumot yozish, ko‘chirish, ochish.
Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko‘proq
ma’lumot saqlash imkoniga ega. Masalan,
disketaning hajmi 1,44 Mb bo‘lsa, kompakt diskning
hajmi 650 yoki 700 Mbni tashkil etadi, ya’ni unga
taxminan 500 marta ko‘proq ma’lumot yoziladi.
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun
kompyuterga maxsus qurilma – CD ROM (Compact
Disk Read Only Memory) Drive
o‘rnatilgan bo‘lishi
kerak.
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun
kompakt diskni qurilmaga o‘rnatish kerak. Buning
uchun CD ROM qurilmasining Open/Eject tugmasini
bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o‘rnatib, Open/Eject tugmasini
takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma’lumotlarni o‘qish
jarayoni boshlanadi. Windows operatsion tizimida o‘rnatilgan diskdagi
ma’lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror
bir amalni bajarish taklif etiladi:
Taklif oynasining mazmuni o‘rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog‘liq
bo‘ladi.
Diskda audio va video ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni biror dasturda
ochish, rasm bo‘lsa, ko‘chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi
ma’lumotlarni ko‘chirish xuddi disketadan ko‘chirishdek amalga oshiriladi. Diskka
ma’lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma – CD Writer o‘rnatilgan bo‘lishi
kerak. Bunday qurilmada ma’lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin –
CD-R (Recordable – bir marta yozib, cheksiz o‘qish mumkin) va CD-RW (Rewritable –
bir necha marotaba yozish va o‘chirish mumkin).
Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows XP operatsion sistemasi
vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini
ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini
mukammal darajada bajarish uchun maxsus
dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi,
masalan Ahead Nero Burning ROM dasturidan.
Oxirgi yillarda CD texnologiyasi
o‘rniga yangi – DVD (Digital Versatile Disk
raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng
tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD
disklarga yuqori sifatli videoma’lumotlar
yozilgan bo‘lib, tasvir va ovoz sifati
ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yuqori
bo‘lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video,
balki boshqa ma’lumotlarni (data) ham yozishda
foydalanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni
ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD ROM
qurilmasi nafaqat DVD, balki CD disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi.
37
Hozirgi kunda DVD disklarni o‘qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil
etadi, ya’ni 13805 Kb/sek*16 =220880 Kbit/sek, CD disklarni o‘qishning maksimal
tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya’ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. Bundan
tashqari, DVD disklarning hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma’lumot
yoziladigan maxsus joy “pit”lar o‘lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan.
Natijada DVD diskning hajmi kamida 4.7 Gb ni tashkil etadi.

O‘lchamlari

CD-ROM

DVD-ROM

Diametr

120 mm

120 mm

Kengligi

1,2 mm

1,2 mm (0,6 mm qatlam)

Oraliq masofasi

1,6 mkm

0,74 mkm

To‘lqin uzunligi

780 nm infraqizil

640 nm qizil

Hajmi

700 Mb

4,7 Gb

Qatlamlar soni

1

1, 2, 4

DVD disklarning hajmi ularning turiga bog‘liq bo‘ladi:



Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk

4,7 Gb

Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk

8,5 Gb

Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk

9,4 Gb

Ikki tomonlama har tomonida ikkitadan qatlamga ega DVD disk

17 Gb

DVD disklariga ma’lumot yozish uchun maxsus disklar


(DVD-R, DVD+R, DVD+RW, DVD-RW, DVD DL) va DVD
Writer qurilmasidan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zbekiston
bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar
mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Nec,
Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va hokazo.
38

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling