Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy tarmoq
- Mintaqalararo tarmoq
Chiziqli ko‘rinishda ulangan kompyuterlarga kelayotgan signal barchasiga bir
vaqtda uzatiladi, lekin bu signallarni shu signallar mo‘ljallangan faqat bitta yoki bir nechta kompyuterlar qabul qilib oladi. Halqa ko‘rinishida tashkil qilingan tarmoqda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulangan bo‘ladi va bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatish uchun ular orasidagi har bir kompyuter navbatma-navbat axborotlarni qabul qilib oladi va keyingi kompyuterga uzatadi. Yulduzcha ko‘rinishidagi tarmoqda barcha kompyuterlar yulduzchaning uchi bo‘lgan kompyuterga ulangan va bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga axborot uzatish uchun axborot avval yulduzcha uchidagi kompyuterga, undan ikkinchi kompyuterga uzatiladi. Halqa ko‘rinishidagi tarmoqda axborotlarni uzatish juda noqulay bo‘lgani uchun hozirda undan deyarli foydalanilmaydi va zamonaviy tarmoqlar chiziqli, yulduzcha yoki ularning aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Tarmoqlar hududiy joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi: – lokal (mahalliy); – regional (mintaqaviy); – global (mintaqalararo). Mahalliy tarmoq odatda bir tashkilotga tegishli tarmoq bo‘lib, unda kompyuterlar bir-biriga ulangan bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi bitta binoda yoki bir-biriga yaqin bir necha binolarda joylashgan bo‘ladi. Mintaqaviy tarmoq bir hududda joylashgan kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lovchi tarmoq bo‘lib, uning tarkibiga mahalliy tarmoqlar va mahalliy tarmoqqa ulanmagan yakka kompyuterlar kiradi. Mintaqaviy tarmoq odatda katta shahar, viloyat, kichikroq davlat miqyosida bo‘ladi. Mintaqalararo tarmoq bir-biri bilan bog‘langan mintaqaviy tarmoqlar yig‘indisi bo‘lib, bir davlatning istalgan nuqtasidan boshqa davlatlardagi shu tarmoqqa ulangan ixtiyoriy kompyuter bilan bog‘lanish imkonini beradi. Mahalliy tarmoq orqali ulanish quyidagicha amalga oshiriladi: 1) Har bir kompyuterga mahalliy tarmoq qurilmasi (LAN Card – local area network Card) o‘rnatiladi. 2) Mahalliy tarmoq simi har bir kompyuter LAN qurilmasiga ulab chiqiladi. 3) Mahalliy tarmoqda ishlaydigan kompyuterga tarmoqni boshqarish dasturiy ta’minoti o‘rnatiladi. Bir nechta kompyuter mahalliy tarmoqqa ulanganda, ulardan biri tarmoqni boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Tarmoqni boshqaruvchi kompyuter server deb, tarmoqqa kiruvchi boshqa kompyuterlar esa mijozlar deb ataladi. Server orqali har bir kompyuterning tarmoqda tutgan o‘rni, ya’ni uning boshqa kompyuterlar bilan aloqa qila olishi, ularning, shu jumladan, serverning resurslari: xotirasiga, qo‘shimcha qurilmalari – printer, skaner, CD-ROM va boshqalarga butunlay yoki vaqtincha, yakka yoki birgalikda ega bo‘lish huquqlarini belgilaydi. Server odatda mijozlarning barcha resurslariga egalik qilishi mumkin, lekin bu imkoniyatlarni ham cheklab qo‘yish mumkin. Masalan, maktabdagi o‘quv kompyuterlari sinfi mahalliy tarmoq orqali birbiriga ulangan bo‘lsa, u holda o‘qituvchining ish joyi server, o‘quvchilarning ish joylari mijoz sifatida tarmoqqa kiradi. O‘qituvchining ish joyidan (serverdan) 68 o‘quvchilarning ish joylari (mijozlar) nazorat qilinib turilishi kerak. Shuning uchun serverga mijozlarning barcha resurslariga birgalikda egalik qilish huquqi beriladi. Mijozlar o‘qituvchining ish joyidan boshqarilishi uchun serverning ma’lum resurslariga ega bo‘lishi kerak. Mijoz kompyuterga test savollarini jo‘natish uchun unga server xotirasining bir qismidan birgalikda foydalanish uchun ruxsat beriladi. Lekin test natijalarini o‘quvchining ish joyidan o‘zgartirishning oldini olish uchun server xotirasining bir qismidan mijozlarning foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Mahalliy tarmoq orqali ma’lumot almashish tezligi juda yuqori bo‘lib, u sekundiga 10-100 Megabitni tashkil qiladi. Bunday tezlik mahalliy tarmoq orqali yuqori sifatli raqamli teleko‘rsatuvlarni ham uzatish imkonini beradi. Mahalliy tarmoq orqali Windows yoki Office kabi hajmi katta bo‘lgan dasturlarni ham birgalikda ishlatish mumkin. Mahalliy tarmoqlarda ishlash uchun barcha ommaviy dasturlarning variantlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows XP operatsion sistemasi mahalliy tarmoqda bir vaqtda bir nechta mijoz ish o‘rinlarida Windows muhitida ishlash imkonini beradi. Mintaqaviy tarmoqlarda, odatda, modemlar qo‘llaniladi. Bunda tayyor aloqa tizimlaridan foydalaniladi. Shu sababli, bu tarmoqlardagi axborot uzatish tezligi juda past, ya’ni sekundiga 1200 bitdan 56000 bitgacha bo‘ladi. Bu tezliklar jiddiy ishlar uchun yetarli emas, lekin mavjud telefon tarmoqlarining axborotlarni o‘tkazish imkoniyati cheklanganligi sababli bu tezlikni oshirib bo‘lmaydi. Bu muammoni hal qilish uchun kompyuter tarmoqlari uchun maxsus ajratilgan liniyalardan foydalaniladi. Ularga radio va kosmik aloqa liniyalari ham kiradi. Ular orasida optik shisha tolali kabellar o‘z imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Optik kabellarning axborot o‘tkazish imkoniyati sekundiga bir necha Gigabitgacha yetishi mumkin. Bu esa bir vaqtda yuzlab raqamli telekanallarni uzatish imkonini beradi. Respublika hukumati tomonidan moliyalashtirilgan TransOsiyo optik tolali aloqa magistralining O‘zbekiston sarhadiga tegishli qismi 1999 yilda qurib ishga tushirildi va natijada O‘zbekiston mintaqaviy aloqa va kompyuter tarmoqlari Angliyadan tortib Singapurgacha bo‘lgan davlatlarning mintaqaviy tarmoqlari bilan bevosita ulandi. Tez orada bunday optik tolali kabellar yordamida barcha kompyuterlar bir-biri bilan ulanadi. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling