Kompyuter savodxonligi


Multimedia: bugungi kuni va kelajagi


Download 332 Kb.
bet37/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

6.3. Multimedia: bugungi kuni va kelajagi.
90-yillarga kelib shaxsiy kompyuterlarning quvvati yetarlicha rivojlangach,
kompyuterning ovoz va video bilan ishlash masalasi o‘rtaga tashlandi. Bu
muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchilar orasida multimedia deb nom
olgan texnik uskunalar yaratildi. Bu uskunalar tarkibiga ovoz kartasi, ovoz
kuchaytirgich va karnay hamda kompakt disk nomini olgan doimiy tashqi xotira
diskyuritkichi kiradi. Bu uch qurilma bilan ta’minlangan kompyuterlar
multimedia kompyuterlari deb ataladi.
Ovoz bilan video kompyuter imkoniyatlarini qanchalik kengaytirganligini
sezish uchun kompyuteringizning ovoz karnaylarini o‘chirib qo‘ying va ovozsiz
ishlashga qancha vaqt sabringiz yetishini tekshirib ko‘ring. Aminmanki, bir soat ham
o‘tmay ovozni yana yoqib qo‘yasiz.
Multimedia so‘zi nimani anglatadi? Media so‘zi juda ko‘p uchraydi va u
ko‘pincha muhit deb tarjima qilinsa-da, muloqot degan ma’noda ham ishlatiladi.
Kompyuter multimediali bo‘lishi uchun birinchidan, multimedianing texnik
ta’minoti, ikkinchidan, uning dasturiy ta’minoti va uchinchidan, multimedia
axborotlari mavjud bo‘lishi kerak.
Dasturiy ta’minotlar Windows operatsion sistemasi tarkibiga kirgan bo‘lib,
ularni chaqirish uchun Pusk tugmasini bosib, Programmы bo‘limiga kiramiz; undan
Standartnыe bo‘limiga o‘tib, undagi Razvlecheniya bandiga kiramiz va undan
kerakli dasturni tanlab, ishga tushiramiz.
Hozirgi paytda multimedia bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘plab
dasturlar mavjud. Ularga misol qilib, musiqani eshitish uchun mo‘ljallangan
Winamp (Windows amplifier – Windows ovoz kuchaytirgichi); video ko‘rinishidagi
65
axborotlarni tahrir qilish uchun mo‘ljallangan Adobe Premier dasturlarini
keltirish mumkin.
Multimedia mahsulotlari deb tarkibiga oddiy axborot – matn va
grafikadan tashqari ovoz va video axborotlar ham kirgan va bundan tashqari, oddiy
videodan farq qilib, tarkibiga axborotlar oqimini boshqarish farmoyishlari ham
kirgan dasturiy vositalarga aytiladi. Multimedia mahsulotlari juda
ommaviylashib ketishining asosiy sababi ham ularda ana shu boshqarish
farmoyishlarining mavjudligidir. Bu farmoyishlar haqida to‘liqroq ma’lumotga
ega bo‘lish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz.
Oddiy kitob, masalan, informatika bo‘yicha darslik varaqlar ketmaketligidan iborat, bu kitobning elektron variantini butunlay boshqacha qilish
mumkin. Masalan, kitob mundarijasiga kirib, kerakli bobni tanlab, kiritish
tugmasini bossak, elektron kitob ana shu bobni ekranga chaqiradi va biz u bilan
tanishishimiz mumkin. Bu bobdagi biron-bir tushuncha bizga notanish bo‘lsa, uni
ajratib yana kiritish tugmasini bossak, bu tushuncha batafsil tushuntirilgan varaq
ekranga chiqadi va u bilan tanishib, qaytish tugmasini bossak, yana avvalgi bobga
qaytib o‘tamiz.
Elektron kitob matnidagi bu kabi bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlar

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling