Daraxt topologiyasi
Daraxt topologiyasining afzalliklari:
yulduz va shina topologiyalarni amalga oshirish murakkab bо‘lgan holarda foydalanish foydali;
tarmoqni osonlik bilan kengaytirish imkonini beradi;
ushbu topologiyada yulduz topologiyani loyihalash tugunlarni osonlik bilan boshqarish imkonini beradi;
xatoliklarni aniqlash va tuzatish xususiyatlarini ta’minlaydi;
har bir yulduz kabel asosiy kabelgan kabellar orqali ulanadi;
yulduz topologiyadagi tarmoqni buzilishi qolgan tarmoqlar ishiga xalaqit bermaydi.
Daraxt topologiyasining kamchiliklari:
asosiy kabelga yetkazilgan ixtiyoriy buzilish butun tarmoq faoliyatiga ta’sir qiladi;
ushbu topologiya tarmoqni osonlik bilan kengaytirish
imkonini bersada, butun tarmoqni boshqarish murakkab
jarayon hisoblanadi;
tarmoqni kengaytirish imkoniyati foydalanilgan
asosiy kabel turiga bog‘liq.
Gibrid topologiya
Gibrid topologiyaning afzalliklari:
tarmoqning boshqa sektori ishiga ta’sir qilmasdan xatoliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatini ta’minlaydi;
qо‘shimcha tugunllarni osonlik bilan qо‘shish imkoniyati;
tashkilotlarga о‘z talabidan kelib chiqib tarmoqni loyihalashtirish imkonini beradi;
kо‘plab topologiyalarni о‘zida mujassamlashtirish imkoniyatini beradi.
Gibrid topologiyaning kamchiliklari:
о‘zida kо‘plab topologiyalarni mujassamlashtirgani bois, arxitekturani juda ham aniqlik bilan loyihalash talab etiladi;
gibrid topologiyada kо‘p sonli tarmoq kabellaridan foydalanilgani bois yuqori narxga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |