Yulduz topologiyasi
Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер) yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.
Konsentratorlar aktiv bo’lgani kabi, (nazariy) passiv bo’lishi ham mumkin. Agar tarmoqdagi biror kompyuter va konsentrator orasidagi aloqada uzulish sodir bo’lsa, u tarmoqning boshqa qismiga tasir ko’rsatmaydi. Albatta agar u “Server” bo’lmasa. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishlashdan to’htaydi.
Halqa topologiyasi
Halqa topologiyasining afzalliklari:
bir tomonga yо‘naltirilgan trafik oqimi;
har bir tugun faqat bо‘sh bо‘lgan vaqtdagina ma’lumotni uzata oladi;
markazlashgan biror tarmoq serveri talab etilmaydi;
shina topologiyana qaraganda amalga oshirish qulayligi (trafik hajmi oshmasligi sababli);
barcha tugunlarni ma’lumotdan foydalanishda bir xil imkoniyatga ega;
tarmoqda yangi tugunni qо‘shilishi tarmoqning butun о‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Halqa topologiyasining kamchiliklari:
tarmoqda har bir tugundan signalning о‘tishi sekin jarayon;
ixtiyoriy tugundagi buzilish butun tarmoqning buzilishiga olib keladi;
tugunlarni ulash uchun kо‘p kabel talab etiladi va bu ortiqcha xarajatni talab etadi;
trafik barcha tugunlar uchun taqsimlanadi.
Mesh topologiyasi
Mesh topologiyasining afzalliklari:
ma’lumotlarni davomli uzatishga imkoniyat beradi;
yuqori trafikni о‘tkazish imkoniyati mavjud;
tugunlardan birini buzilishi butun tarmoqqa ta’sir qilmaydi;
tarmoqni kengaytirish osonlik bilan amalga oshiriladi.
Mesh topologiyasining kamchiliklari:
kо‘plab ulanishlarning mavjudligi sababli yuqori darajali ortiqchalik;
boshqa tarmoq topologiyalariga qaraganda yuqori narxga egalik;
tarmoqni qurish uchun kо‘p vaqt va ma’muriy ye’tibor talab qiladi.
Bu topologiya mahalliy tarmoqlarda deyarli qo’llanilmaydi asosan internet kabi keng tarmoqlarda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |