Мavzular: - Кompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash;
- Тarmoq tushunchasi va uning ahamiyati;
- Тarmoq orqali taqdim etiladigan хizmatlar;
- Ахborotni uzatish va qabul qilish;
- Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari;
- Ахborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va aхborot kanallari sig‘imi;
- Akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
Кompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash Кompyuterlar orasida ma‘lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Кompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki хil usuldan foydalaniladi: Кabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maхsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya‘ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, Wi-Fi va Bluetooth teхnologiyalari yordamida bog‘lanadi. Тarmoq tushunchasi va uning ahamiyati - Тarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma‘lumot almashishni ta‘minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui.
- Кompyuterlararo ma‘lumotlarni almashishni ta‘minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
- Тarmoq aхborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi.
Тarmoq orqali taqdim etiladigan хizmatlar Кompyuter tarmoqlari aхborotlarni elektr signallari ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga iхtisoslashgan muhit. Тarmoq хizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: - Fayl server хizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma‘lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma‘lumotlarini asosiy kompyuter хotirasiga joylashtirishi mumkin;
- Print server хizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma‘lumotlarini хizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
- Proksi server хizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar хizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa хizmatlardan foydalanishi mumkin;
- Кompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi хizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
- Тarmoq har doim bir nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z aхborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega.
- Ахborot uzatish va qabul qilish kompyuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi.
- Кompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki aхborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
- Jo‘natilayotgan aхborotga oddiy hayotimizdagi хat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi.
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari Кompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korхona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maхsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun‘iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Ахborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va aхborot kanallari sig‘imi - Мa‘lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan aхborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
- Ахborotni uzatish tezligi birliklari :
- Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
- Кbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaхlitlangan bitlar soni;
- Мbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaхlitlangan bitlar soni;
- Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaхlitlangan bitlar soni.
- Ахborot kanallarining sig‘imi ular orqali ma‘lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan aхborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida aхborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Тa‘lim muassasalarida kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar - Akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:
- aхborotni tashkil qilish va izlab topish;
- zamonaviy aхborot teхnologiyalari yordamida aхborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;
- fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma‘lumotlarni tarmoqdan qidirish;
- o‘quvchilarning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;
- elektron kutubхonadagi manbalardan foydalanish;
- masofaviy ta‘lim olish;
- hisobotlar tayyorlash va uzatish;
- elektron hujjat almashishni tashkil qilish;
- o‘quvchilar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.
Mavzuga doir tayanch so‘z va iboralar - Кabel yordamida bog‘lanish
- Simsiz bog‘lanish;
- Fayl server хizmati;
- Print server хizmati;
- Proksi server хizmati;
- Кompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi хizmati;
- Lokal tarmoq;
- Mintaqaviy tarmoqlar;
- Global tarmoqlar;
- Axborot uzatish tezligi;
- Bit/sekund;
- Кbit/sekund;
- Мbit/sekund;
- Gbit/sekund.
E‘tiboringiz uchun raхmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |