«kompyuter tarmoqlari xavfsizligi»


I BOB Linux OT(operatsion tizimi)


Download 1.22 Mb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1521589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish tarmoq

I BOB Linux OT(operatsion tizimi)
[1]Linux OT unikal funksiyalarga ega. Boshqa OT lar singari Linux OT
kompyuterni boshqaruvchi dastur bo'lsa, Unix sifatida tizimni qurishda va ilovalar yaratishda utilitalar jamlanmasi bo'lib hizmat qladi (1-rasm)

1-rasm(utilitlar jamlanmasi)
Linux bir vaqtning o'zida ko'p foydalanuvchilarga hizmat ko'rsata oladi.
Qurilmalarning imkoniyati va ularning vazifalari turidan kelib chiqib bir vaqtning
o'zida 1000 tagacha foydalanuvchiga hizmat qlishi mumkin. Ko'pfoydalanuvchi
OT tizim resurslarini bir vaqtning o'zida foydalanishga imkon beradi. Har bir
foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda ishlasada
ularning bir biridan himoyasi tizim tomonidan ta'minlanadi, shu bilan birgalikda
tizim yadrosi ham barcha protsesslardan himoyalangan bo'ladi. Bir nechta vazifalar
bilan ishlagan vaqtda, asosiy e'tiborda bo'lgan vazifadan tashqari qolgan vazifalarni
orqa fonga o'tkazgan holda ishlash mumkin. Agar Window tizimida ishlayotgan
bo'lsak, ishga tushirilgan bir nechta dasturlarni bir oynada ko'rib ishlash mumkin
bo'ladi.
Fayl o'zida hisobot, rasm, qo'shiq yoki bajarilayotgan dastur holati kabi
ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Har bir fayl ma'lumotlar saqlanish qurilmasida
universal identifakotor orqali saqlanadi. Linux fayl tizimi, fayllarning qaysi
katalog ichida joylashganini strukturasini ta'minlab beradi. Har bir katalog o'zida
fayl yoki katalogni saqlashi mumkin. O'z navbatida har bir katalog boshqa bir
derektoriyada ichida joylashgan bo'lishi mumkin, struktura shu tarzda ketib daraxt
ko'rinishiga keladi. Ushbu struktura foydalanuvchilarga fayllarni bir katalog ostida
birlashtirib ishlatishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi o'zining asosiy
katalogiga ega bo'ladi (2-rasm).

2-rasm(daraxt strukturasi)

Ko'p foydalanuvchi OTlar singari, Linux OT foydalanuvchilarga o'zlarining
ma'lumotlarini boshqa foydalanuvchilardan himoyalash imkonini beradi. Shu bilan
birgalikda tizim tanlangan ma'lumot va dasturlarni bir nechta foydalanuvchilar
bilan birgalikda ishlatilishini oddiy lekin samarali havfsizlik sxemasi yordamida
ta'minlab beradi. Ushbu havfsizlik darajasi foydalanuvchilarning u yoku bu faylga
nisbatan o'qish, yozish va bajarish huquqlarini belgilab beradi. Oxirgi yillarda
ruxsatlarni boshqarish funksiyasi (ACL) barcha Linux OTning yadrolariga va
Fedora/RHEL ga qo'shilgan. Ruxsatlarni boshqarish funksiyasi foydalanuvchilarga
va administratorlarga fayllarga nisbatan quyi darajadagi boshqarish huquqlarni
beradi.



    1. Download 1.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling