«kompyuter tarmoqlari xavfsizligi»


Download 1.22 Mb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1521589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish tarmoq

Lokal tarmoqni sozlash.

Lokal hisoblash tarmog'i kompyuterlarni bir bir joyga to'plagan holda
ularning o'rtasida ma'lumot almashishini, ularni bir chop etish qurilmasiga
ulanishini va internetga ulanishini ta'minlab beradi. Biz ushbu mavzuda Lokal
hisoblash tarmoqni sozlashni ikki aspektini ko'rib chiqamiz: qurilmalarni sozlash
va dasturiy ta'minotni sozlash.
Qurilmalarni sozlash. Har bir tizimda yoki lokal hisoblash tarmog'ining
uzellarida tarmoq platalaridan iborat bo'ladi NIC (network interface card). Har bir
tarmoq platalari tarmoqqa kabel yoki simsiz ulanish vositasida ulanadi, ikkala
holatda ham har bir tizim markaziy hub ga ulanadi. Agar tarmoq, masalan
internetga ulangan bo'lsa, unga router yoki gateway kerak bo'ladi.
Kopmyuterlarni ulash. Hozirgi kunda lokal hisoblash tarmog'i bazasidagi
zamonaviy ethernet tarmoqlari, kompyuterlar yoki markaziy uzel bilan ulanishga
ega. Uzellar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: passiv (hub) va kamutativ (switch). Passiv
ulanishda (hub) barcha tizimni birgalikda ulab, barcha tizim uchun ma'lumot
uzatish tezligi bir xil bo'ladi. Switch orqali ulanganda har bir tizimning o'zining
routeri ma'lumot uzatish qobilyatiga qarab moslashadi. Quyuda oddiy 4 ta
kompyuterning bitta hub orqali ulanishi ko'rsatilgan (3-rasm). Ushbu ulanish
passiv holatda ulangan.


3-rasm(Hub ulanish strukturasi)
Tizimni sozlash. Apparat ta'minotni sozlab bo'lgandan keyin, har bir tizim
tarmoqqa ulangan tarmoq adapteri haqida ma'lumotga ega bo'lgan holda sozlanishi
kerak. Odatiy holda Fedora OT tarmoq menegerini, tarmoq adapterlari haqida
ma'lumot olish uchun ishlatadi.
Tarmoq adapterni haqida, tizim quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak:
 tarmoq IP addresi;
 tarmoq maskasi, IP address uchun;
 asosiy marshutizator IP addressi;
 DNS tizimi IP addresslari;
 Tizimning tarmiqdagi nomi hostname;

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling