"kompyuter tashkil etilishi"
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tashkil etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik interfeys
- COM interfeys
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar
o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit: Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi; Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya; Dialogli interfeys; Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”. Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi 60 miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi. Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi: Tarmoqli interfeys; Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma; Shina(Kompyuter); COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi; Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi. 2-rasm. HDD va SSD disklarni portlari. Hozirgi kunga kelib hayotimizning turli jabxalarida kompyuter texnikasini uchratishimiz mumkin. Kompyuter texnikasi uchun esa turli ehtiyot qismlar, aksessuarlar(xuddi qizlarni ziragiga o‘xshab — hazil) va boshqa ko‘pgina qurilmalar mavjud. Ularning ichida asosiylaridan biri 61 magnit xotira (vinchester, HDD) hisoblanadi. Vinchesterlar ham o‘z navbatida ulanish jihatidan bir qancha turlarga bo‘linadi. (Bo‘linganni bo‘ri yer-bo‘linmasdan yurila). PATA yoki SATA? qaysi biri afzal? har qanday o‘zini hurmat qiladigan kompyuter foydalanuvchisi magnit xotiralarni (vinchester)ulovchi turlarini farqlay oladi. PATA – bu parallel ATA demakdir. Qattiq magnitli xotiralarni (vinchester)larni ulash uchun parallel interfeys – AT Attachment. Ushbu standart 1986 yilda Western Digital firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PATA ni IDE interfeys deb ham nomlanadi. PATA shleyf 40 va 80 kontaktdan iborat bulishi mumkin. Umuman olganda PATA deb nomlanishiga yangi texnologiya SATA ning yaratilishi sabab bo‘lgan. Chunki undan oldin ATA deb nomlangan. PATA interfeysi SATA interfeysidan 4 marotaba kattadir. PATA shinasining eng yuqori tezligi 133 MB/s bo‘lsa, bu ko‘rsatkich SATA1 dan ham past natija edi. Hozirgi kunga kelib ATA interfeys(shinali, razyomli motherboard lar) ishlab chiqarishdan olib tashlangan. PATA shleyf kabeli maksimal uzunligi 46 smdan oshmaydi. SATA – Serial ATA – ketma ket ATA interfeys hisoblanadi. Bu interfeys PATA(ATA) ga nisbatan ixcham va tezligi bilan afzaldir. Uning bugungi kunga kelib SATA1, SATA2 SATA3 kabi versiyalari mavjud. SATA1 ning shina tezligi 1,5 Gbit/s(150MB/s), SATA2 niki 3 Gbit/s (300MB/s)va nixoyat SATA3ning shina tezligi 6 Gbit/s(600M) gacha o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. SATA ning yana eng muxim afzal va qulay tarafi – djamperning yo‘qligidir. SATA shina kabeli 7 kontaktdan iborat, elektr ta'minot kabeli esa 15 kontaktdan iborat. SATA kabellari o‘zining ko‘rinishi bilan ham ko‘p marotaba uzib-ulash uchun qulay hisoblanadi. SATA shleyf kabeli uzunligi oxirgi versiyalarida 2 m gacha boradi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling